Kun xabarlari qisqa satrda
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “UzCharmExpo” 10-xalqaro charm, poyabzal, charm mahsulotlari ko’rgazmasi o’tkazildi. “Ko’rgazmada 500 ta mahalliy va 30 ga yaqin xorijiy kompaniya 3 mingdan ziyod mahsulotlari bilan ishtirok etdi.
* * *
Italiyaning Rim shahrida «Primavera Romana» nomli xalqaro musiqachilar tanlovi bo’lib o’tdi. Ijodiy tanlovda O’zbekiston davlat konservatoriyasining 2-bosqich magistranti Bobur Mirsaidov organ musiqasi yo’nalishida 1-o’ringa munosib topildi.
* * *
Mamlakatimizning agrar yo’nalishdagi ta’lim muassasalarida 29 ta bakalavriat, 23 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlanadi. Milliy matbuot markazida agrar soha uchun mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ayni ishlarga bag’ishlab matbuot anjumani o’tkazildi.
* * *
Yurtimizga Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi Federal Kengashining MDH, Yevroosiyo integratsiyasi, vatandoshlar bilan aloqalar masalalari bo’yicha qo’mitasi raisi Leonid Kalashnikov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Rossiya parlamenti vakillari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashdi.
* * *
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi a’zolari poytaxtimizdagi 23-Mehribonlik uyida bo’lib, muassasa hayoti, u yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
* * *
Аndijonning Bog’ishamol dam olish maskani hududida umumiy loyiha qiymati 12 milliard so’mdan ziyod bo’lgan hayvonot bog’i ish boshladi.
* * *
Poytaxtimizdagi Xalqaro biznes-markazida mamlakatimiz fond birjasida qimmatli qog’ozlari faol sotilayotgan aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga bag’ishlab “Emitent kuni" o’tkazildi.
* * *
Toshkent shahar Yoshlar markazida “Eng namunali maktab sardorlar kengashi” ko’rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo’lib o’tdi. Unda Chilonzor tumanidagi 195-umumta’lim maktabi 1-o’rinni, Shayxontohur tumanidagi 316-umumta’lim maktabi 2-o’rinni va Yunusobod tumanidagi 51-, Olmazor tumanidagi 233-, Mirobod tumanidagi 125-umumta’lim maktablari 3-o’rinni egalladi.
* * *
Navoiy viloyatida tez tibbiy yordam muassasalariga “Damas” rusumli 23 ta tez yordam avtomashinasi topshirildi.
* * *
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida “Аmir Temur – markazlashgan davlat asoschisi” mavzuida davra suhbati bo’lib o’tdi. Kursantlar ijrosida namoyish etilgan tarixiy sahna ko’rinishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
O’zА