KURASHNING XALQARO E’TIROFI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Afrika va Yevropa kurash konfederatsiyalari delegatsiyalarining mamlakatimizda o‘tkazgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari yakuni va Kurash xalqaro assotsiatsiyasi taqvimidagi sport musobaqalari muhokamasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jarayonida milliy qadriyatimiz bo‘lgan o‘zbek kurashi tobora ravnaq topayotgani ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 1998-yilda kurash xalqaro sport turi maqomini oldi va bugun bir yuz yigirmadan ziyod mamlakatda rivojlanmoqda. Insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan o‘zbek kurashi o‘g‘il-qizlarni jismonan baquvvat qilib tarbiyalash bilan birga, ularda yuksak ma’naviyat, halollik, bag‘rikenglik, vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Osiyo, Yevropa, Panamerika, Afrika va Okeaniya kurash konfederatsiyalari tomonidan kurash bo‘yicha jahon va qit’a chempionatlari, xalqaro turnirlar yuksak saviyada tashkil etilayotir.
Qator xorijiy davlat vakillari yurtimizga kelib, O‘zbekiston murabbiy va mutaxassislaridan kurash sirlarini o‘rganmoqda.
Joriy yilning 16-27-avgust kunlari Afrika va Yevropa davlatlaridan kelgan bir guruh sportchilar poytaxtimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdi. Yig‘in davomida xorijliklar kurash borasida bilimlarini oshirib, o‘zaro tajriba almashdi.
– Kurash falsafasi, mohiyati va uning jozibasi butun dunyoni lol qoldirmoqda, – deydi svazilandlik kurashchi Shivon Esteruysen. – Kurash bilan ancha yildan beri shug‘ullanaman. O‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashib, kurash sir-asrorini hali ko‘p o‘rganishim kerakligini tushundim.
Anjumanda Kurash xalqaro assotsiatsiyasi musobaqalar taqvimidan joy olgan sport tadbirlari bo‘yicha ma’lumot berildi. Joriy yilgi sport mavsumida kurash bo‘yicha Janubiy Afrika Respublikasi, Gretsiya, Fransiya, Livan, Nikaragua, Chili kabi davlatlarda nufuzli turnir va chempionatlar tashkil etildi.
Shu bilan birga, dunyo polvonlarini Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tadigan xalqaro Bosfor turniri, Buxoro shahrida mamlakatimiz mustaqilligining 24-yilligiga bag‘ishlangan turnir, Xitoy Taypeyida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati, Eronda kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalar kutmoqda.
Anjumanda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.
O‘zA