KUVAYT OAV O‘ZBEKISTON PREZIDENTINING PARLAMENTGA MUROJAATNOMASI HAQIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Kuvaytda nashr etiladigan “Al-Anba” gazetasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasining asosiy jihatlariga bag‘ishlangan maqola bosilib chiqdi.
Nashr mazkur Murojaatnomani “yo‘l xaritasi” sifatida ta’riflar ekan, O‘zbekiston rahbari barcha sohalarda amalga oshirilgan ishlarga yakun yasagani barobarida mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlash maqsadida yaqin kelajakka mo‘ljallangan aniq vazifalarni ham belgilaganini qayd etgan.
Prezident korruptsiyaga qarshi kurash va bank-moliya sohasini rivojlantirish yuzasidan aniq-ravshan strategiyani taqdim etdi. Qisqa vaqt oralig‘ida, deb yozadi gazeta, O‘zbekistonda valyuta bozori liberallashtirildi.
“Al-Anba” gazetasining ta’kidlashicha, puxta o‘ylangan strategiya tufayli O‘zbekiston Prezidenti mamlakat ichida millatlararo muloqot va hamjihatlikni mustahkamlash hamda inson huquqlariga rioya etilishini ta’minladi.
Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatga yuqori baho berar ekan, muallif mamlakatda 161 ta yirik korxona o‘z faoliyatini qaytadan yo‘lga qo‘yganini va ular yaqin yillarda byudjetni 1,5 trillion so‘m miqdoridagi mablag‘ bilan to‘ldirishini qayd etgan. “Juda qisqa davr oralig‘ida respublikada sog‘liqni saqlash, ta’lim, yo‘l va uy-joy qurilishi sohalarida ko‘pdan-ko‘p loyihalar amalga oshirildi, tadbirkorlik jabhasini faollashtirish, yoshlar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish va boshqa qator muhim masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rildi”, deb yozadi gazeta.
Nashrning ta’kidlashicha, bularning barchasi xalqning o‘zaro jips va hamjihat bo‘lib mamlakat rahbariyatining sa’y-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi asnosidagi O‘zbekiston istiqbolini, uning porloq kelajagini o‘zida aks ettiradi.
“Jahon” AA, Al-Kuvayt