Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

KUZATUVCHILAR – OKRUG SAYLOV KOMISSIYASIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
KUZATUVCHILAR – OKRUG SAYLOV KOMISSIYASIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (DIIHB) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Okrug saylov komissiyasi raisi F.Toshev mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi jarayonlari, okrug saylov komissiyasi vakolatlari va olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, okrug saylov komissiyasi tomonidan Samarqand viloyatida 1030 saylov uchastkasi tuzilgani va uchastka saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlangani, ayni paytda komissiyalar o‘z faoliyatini boshlagani ta’kidlandi.

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish ochiq va oshkora amalga oshirilib, okrug saylov komissiyasi fuqarolarni o‘z faoliyatidan xabardor etib bormoqda. Bunda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda. Okrug saylov komissiyasi huzurida saylovni yoritish bo‘yicha matbuot markazi tashkil etilgan.

Ayni paytda davom etayotgan saylovoldi tashviqotida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga teng sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Bu davrda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda nomzodlarga hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqti va nashr maydonini bepul berish yo‘li bilan teng sharoitlar ta’minlangan.

Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi uzoq muddatli kuzatuvchilari Anna Gizela Renshmid xonim va Aleksandr Nyuton Anderson bu galgi Prezident saylovini kuzatish uchun missiya O‘zbekistonda birinchi marta to‘liq tarkibda ishtirok etayotganini bildirdi.

– Toshkent shahrida missiyamizning bosh shtabi o‘z faoliyatini boshladi, – deydi Aleksandr Nyuton Anderson. – Uning tarkibida saylov tizimi, siyosiy, qonunchilik, media, kam sonli millatlar bo‘yicha ekspertlar bor. 20 nafar uzoq muddatli kuzatuvchilar mamlakat bo‘ylab saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishmoqda. Bu kuzatuvimiz asosan saylov kampaniyasining borishi, milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga rioya etilishini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘ladi. Mazkur kuzatuvlar natijalari asosida missiyamizning oraliq hisobоti e’lon qilinadi. Saylov yakuni bilan dastlabki va yakuniy hisobоtlar tayyorlanadi.

Mehmonlar saylov okrugida komissiyaning samarali faoliyat olib borishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi.

O’zA