Limfatik terapiya uslublari yanada kengroq qo’llaniladi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Andijon olimlari 10 yillik tajriba yakunlariga ko’ra, shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatishdagi limfatik terapiya uslublarini yanada kengroq qo’llash maqsadga muvofiqligi haqida xulosaga kelishdi, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
Shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish lozim bo’lgan bemorlarni davolashda limfologiya uslublarini joriy qilish Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining ilmiy yo’nalishlaridan biridir.
Andijon Davlat Tibbiyot instituti va O’zbekistondagi klinik limfologiya ilmiy markazi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali mutaxassislarining hamkorlikdagi faoliyati katta tajriba va klinik materiallarni to’plash imkonini berdi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyati filialining mutaxassislari bemorlarni davolashda limfatik terapiyaning turli uslublarini qo’llaganlari natijasida davolanishni xohlovchi bemorlarning umumiy miqdori 16 ming nafarga oshdi.
“Jahon” AA