LITVA ELCHISI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Litva Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Remigiyus Motuzasni qabul qildi.
Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.
An’anaviy do‘stona O‘zbekiston-Litva munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qilish chog‘ida turli sohalardagi hamkorlikni kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligini ta’kidlandi, xususan vazirliklararo muloqotni faollashtirish, O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi shakli va xalqaro tashkilotlar doirasidagi aloqaqalarni mustahkamlash qayd etildi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashning amaliy jihatlari ham ko‘rib chiqildi.