LITVA TASHQI ISHLAR VAZIRIGA MAKTUB
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Litva Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
Linas Linkevichius Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari,
Men Sizni muhim sana – O‘zbekiston Respublikasi va Litva Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan ulkan mamnuniyat ila tabriklayman.
O‘zbekiston Litvani uzoq muddatli va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishda yaqqol natijalarga erishgan muhim xalqaro hamkor sifatida ko‘radi.
Biz mamlakatlarimiz o‘rtasida shakllangan o‘zaro manfaatli aloqalarni hamda barcha darajalardagi ochiq va konstruktiv ruhdagi muloqotni yuqori baholaymiz.
O‘zbekiston o‘zaro tashriflar amaliyoti va Litva bilan siyosiy va parlamentlararo yo‘nalishda, iqtisod va sanoat, madaniyat va san’at sohalarida munosabatlarni yanada izchil kengaytirishni davom ettiradi.
Aminmanki, o‘zaro hurmat va manfaatlarni birdek inobatga olishga asoslangan O‘zbekiston-Litva sherikligi bizning xalqlarimiz farovonligi yo‘lida kelgusi yillarda ham mustahkamlanishda davom etadi.
Janobi oliylari, mening eng yuksak hurmat va ehtiromimni qabul etgaysiz.
Hurmat bilan,
Abdulaziz Kamilov
O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi ishlar vaziri