Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

LITVALIK ISHBILARMONLAR BILAN BIZNES UCHRASHUV

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
LITVALIK ISHBILARMONLAR BILAN BIZNES UCHRASHUV

Toshkentda 19-noyabr kuni Oʻzbekiston – Litva ishbilarmon doiralari vakillari oʻrtasida oʻtkazilgan biznes uchrashuvda mehmon tomon Yevropa bozoriga kirishda Litva mamlakatimiz uchun muhim tayanch nuqtasi boʻlishi mumkinligini qayd etdi.

Litva Respublikasining Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Remigiyuus Motuzas va Vilnyus Savdo-sanoat va hunarmandlik palatasi prezidenti Sigitas Leonavisiusning taʼkidlashicha, Oʻzbekistondagi ochiq va samarali tashqi siyosat, xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish borasidagi dadil qadamlar Litvada ham qiziqish uygʻotmoqda. Shu bois ushbu mamlakat Oʻzbekiston bilan transport-logistika sohalarida aloqalarni kengaytirishga tayyor. Bugungi kunda Litvada yirik port va logistika kompaniyalari faoliyat koʻrsatmoqda. Bu Oʻzbekistonning Yevropa bozoriga kirishida muhim.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport, aloqa va axborot texnologiyalari sohalarida oʻzaro hamkorlikni muhokama etish maqsadida tashkil etilgan biznes uchrashuvda Litvaning “Traidenis”, “MANTA CaWs” kabi kompaniyalari, Vitautas universiteti, Vilnyus biznes kolleji, “Kardiolita” klinikasi vakillari oʻz hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha taqdimotlar oʻtkazdi.

Mamlakatimizda litvalik sarmoyadorlar ishtirokida 14 korxona tashkil etilgan boʻlib, ular kimyo, oziq-ovqat, qurilish, farmatsevtika, sayyohlik sohalarida faoliyat koʻrsatmoqda. 2019-yilning 9 oyida Oʻzbekiston – Litva savdo aylanmasi 362,1 million AQSH dollarini tashkil etgan. Ammo bu ikki mamlakat salohiyatiga mos emas.

Biznes uchrashuvda ikki tomonlama savdo aylanmasi hajmini oshirish, yetkazib berilayotgan mahsulot va xizmatlar turini koʻpaytirish lozimligi qayd etildi. Ishbilarmonlarning “B2B” formatdagi muzokaralarida tadbirkorlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

WWW.UZA.UZ