«LIVADIYA - BUXARA» KORXONASI MAHSULOTLARIGA XORIJLIK ISTE’MOLCHILAR HAM QIZIQISH BILDIRISHMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, banklar tomonidan soha loyihalari moliyaviy qo’llab-quvvatlanayotgani natijasida kichik biznes sub’yektlari iqtisodiyotimiz rivojida tobora muhim o’rin tutmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o’tkazib kelinayotgan «Tashabbus» ko’rik-tanlovining joriy yildagi viloyat bosqichida «Eng yaxshi tadbirkor» yo’nalishi bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritgan Ilhom Sayfiyev rahbarligidagi «Livadiya - Buxara» xususiy korxonasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash(quritish)ni kengaytirishga doir istiqbolli loyihani amalga oshirish uchun «Mikrokreditbank»ning viloyat bo’limi tomonidan 100 mln. so’m kredit ajratilganligi e’tiborga molikdir.
— Biz meva va sabzavot yetishtirish bilan shug’ullanuvchi fermerlar va ular hamkori bo’lgan joylardagi agrofirmalarning yaqin sherigiga aylandik,-deydi korxona rahbari I. Sayfiyev. -Seximizda ishlab chiqarilayotgan meva va sabzavot quritgichlar dehqonlarga ma’qul tushmoqda. Negaki, energiya tejamkor bu qurilmalarda ishlangan mahsulotlar o’zining tabiiy xususiyatlarini saqlab qoladi. Ta’kidlash kerakki, ayni paytda korxonamizning o’zida ham meva-sabzavotlar quritilib, qadoqlash yo’lga qo’yilgan. Ularga tashqi bozorda qiziqish bor. Keyingi olti oyda Qozog’iston, Rossiya va Isroilga jami 150 ming AQSh dollari miqdorida eksport qildik. Yil oxirigacha bu ko’rsatkich uch baravardan ziyodga oshadi.