Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

LUKOYL kompaniyasi Oʻzbekistonda 3 ta MTT quradi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
LUKOYL kompaniyasi Oʻzbekistonda 3 ta MTT quradi

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” MCHJ oʻrtasida hamkorlikdagi loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida bitim imzolandi. Hujjatda Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida yangi maktabgacha taʼlim tashkilot (MTT)lari qurish koʻzda tutilgan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati maʼlum qildi.

Bitimni imzolash marosimi Nukus shahridagi Oʻzbekistonda birinchi boʻlib tarkibida alohida parvarishga muhtoj bolalar uchun “Imkon” reabilitatsiya markazi boʻlgan ixtisoslashtirilgan MTTda boʻlib oʻtdi.

Shartnomaga koʻra, yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari Buxoro shahrida 250 oʻrin, Qarshi shahrida 150 oʻrin va Toshkent viloyatida 150 oʻrinli quriladi.

– Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish – maktabgacha taʼlim tizimidagi eng dolzarb boʻlib turgan masalalardan biri, – dedi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin. – Vazirlik vaziyatni yaxshilash ustida faol ish olib bormoqda. Bugungi kunda yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari qurilmoqda, faoliyat koʻrsatib turganlari taʼmirlanib, ularning quvvatlari oshirilmoqda. Oʻtgan yillarda olib qoʻyilgan maktabgacha taʼlim tizimining binolari qaytarib berilmoqda. LUKOYL kompaniyasi sharofati bilan viloyatlardagi yana 550 nafar bola sifatli maktabgacha taʼlim olish imkoniga ega boʻladi. Jumladan, Buxorodagi MTT umumiy turdagi tashkilot, boshqa ikki MTT esa – reabilitatsiya markazlariga ega boʻlgan koʻp tarmoqli ixtisoslashgan tashkilotlar boʻladi. Bu reabilitatsiya markazlari, tarbiyalanuvchilardan tashqari, har yili sogʻlomlashtirish muolajalariga muhtoj boʻlgan 5-7 ming bolani qabul qiladi.

Taʼkidlanishicha, Qarshi shahri va Toshkent viloyatidagi loyihalar uchun Nukusdagi “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega ixtisoslashtirilgan MTT prototip boʻlib xizmat qiladi. Loyihada jismoniy va aqliy rivojlanishi oʻziga xos bolalar uchun maktabgacha taʼlim va tibbiyot muassasalari birlashtirilgan. Yangi MTTda zamonaviy davolash-fizkultura va fizioterapiya zallari, uqalash xonalari, sensor xonalari, mayda motorikani rivojlantirish, ijtimoiy-maishiy adaptatsiya, musiqa va art-terapiya xonalari, shuningdek vrachlarning kabinetlari joylashadi.

– Oʻzbekistonda “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega birinchi ixtisoslashgan MTTning ochilish marosimida biz bunday maktabgacha taʼlim tashkilotlari respublikaning boshqa hududlarida ham tashkil etilishini vaʼda qilgan edik, – dedi loyiha rahbari Shaxnoza Mirziyoyeva. – Buuning uchun LUKOYL bilan bitim imzoladik. U Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarining alohida parvarishga muhtoj bolalariga erta yordam koʻrsatish va ularni ijtimoiy-madaniy muhitga kiritish imkonini beradi. Uyda oʻtirib qolmasdan, doim muloqotda boʻlish, dunyoni bilish, rivojlanish va moslashish imkoniyati – bu toʻlaqonli hayot sari qoʻyilgan birinchi qadam demak. Bunda bola salomatligida cheklanish boʻlsada, uning imkoniyatlari cheklanganmagan boʻlishi darkor. Nukus shahrida “Imkon” ochilgan vaqtdan bor-yoʻgʻi uch oy oʻtdi, lekin biz hozirning oʻzidayoq natijalarni koʻrishimiz mumkin. Bolalar ancha baquvvatlashib, tetiklashib qoldi. Koʻp bolalarda ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda.

Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish tashabbusi “LUKOYL” MCHJ Prezidenti Vagit Alekperov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan joriy yilning may oyida boʻlib oʻtgan uchrashuvda taklif etilgan.

– “LUKOYL” Oʻzbekistonda taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport va madaniyatni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan faol xayriya faoliyatini olib boradi, – dedi “LUKOYL” Uzbekistan Opereyting Kompani” MCHJ bosh direktori Stepan Gurjiy. – Bizning kompaniyamiz tomonidan Oʻzbekistondagi xayriya maqsadlari uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlarning umumiy summasi bugungi kunda 13 million dollardan ortiqni tashkil etadi. Yangi uchta maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilishi loyihasiga biz 12 million AQSH dollari yoʻnaltirishni rejalashtirmoqdamiz. Buxoro shahridagi MTT LUKOYL tomonidan maxsus ishlab chiqilgan loyiha boʻyicha quriladi.

Buxoro shahridagi MTTning umumiy maydoni 11 ming kv. metrdan ortiq boʻlgan uch qavatli binosi va hududi eng zamonaviy texnika va uskunalar, basseyn, raqs va sport zallari, komyuter sinfi, shuningdek guruhlar uchun xonalar bilan butlanadi. Bolalarning faol oʻyinlari va sport bilan shugʻullanishi uchun hududda velosiped yoʻlakchalari va chim qoplangan hamda xavfsiz sintetik qoplamali bolalar maydonchalari koʻzda tutilgan.

OʻzA