Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MA’LUMOTLAR OCHIQLIGI TA’MINLANMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MA'LUMOTLAR OCHIQLIGI TA'MINLANMOQDA

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 7-avgustdagi «Ochiq ma’lumotlar taqdim etilishi hisobga olingan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar davlat va fuqarolar o‘rtasidagi aloqalarning yanada mustahkamlanishi, boshqaruv samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Joriy yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonunida belgilab berilgan maqsad-vazifalarni amalga oshirish, mahalliy veb-resurslar, raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar va xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish maqsadida sinov tartibida ishga tushirilgan Ochiq ma’lumotlar portalida davlat organlari faoliyatiga taalluqli ma’lumotlar jismoniy va yuridik shaxslarga erkin foydalanish uchun bepul taqdim etilmoqda.

Hozirgi paytgacha Ochiq ma’lumotlar portalida 50 davlat organining 550 turdagi ma’lumotlari e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va boshqa davlat organlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar 100 ming martadan ziyod yuklab olingan.

– Qaror asosida tasdiqlangan nizomda mazkur elektron resursni rivojlantirish, foydalanuvchilar uchun zarur ma’lumotlarni taqdim qilish mexanizmini takomillashtirish, portal operatori va ma’lumotlarni taqdim qiluvchi mas’ullar, foydalanuvchilar bilan o‘zaro aloqalarni tartibga solish chora-tadbirlari belgilangan, – deydi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari Elyor Rahmonov. – Bu fuqarolarning axborot olish va uni tarqatish, axborotdan foydalanish kabi muhim konstitutsiyaviy huquqlarining yanada keng ta’minlanishi, “elektron hukumat” tizimining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga xizmat qiladi.

Ochiq ma’lumotlar portalini zarur axborot bilan ta’minlash va yangilab borishda davlat organlari rahbarlari bevosita javobgar hisoblanadi. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar veb-saytlarida ham “Ochiq ma’lumotlar” bo‘limi tashkil qilinib, ma’lumotlar bilan muntazam to‘ldirib boriladi.

2013-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish respublika komissiyasi tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining saytlarida va Ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar to‘plamlari ro‘yxati tasdiqlanib, hukumat portalida e’lon qilinadi.

Tadbirda jurnalistlarning savollariga mutaxassislar javob qaytardi.

WWW.UZA.UZ