Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MA’RIFIY TADBIRLAR TA’SIRCHANLIGINI OSHIRISH

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MA'RIFIY TADBIRLAR TA'SIRCHANLIGINI OSHIRISH

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan poytaxtimizning “Turkiston” saroyida jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ma’rifiy tadbirlarning ta’sirchanligini oshirishga bag’ishlangan anjuman tashkil etildi.

Vazirlik matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko’ra, unda Toshkent shahridagi umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari, davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va sud idoralari, fuqarolik jamiyati institutlari, korxona, muassasa hamda tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy, shuningdek, huquqiy targ’ibot sohasiga mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda jamiyatda aholining ijtimoiy faolligi, huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, ayniqsa yoshlarning mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetini mustahkamlash, ertamiz egalarining sog’lom e’tiqod va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy ma’rifiy tadbirlarni mazmunan boyitish, ularni o’tkazishda targ’ibotning ta’sirchan usullaridan, auditoriya bilan ishlashda esa o’ziga xos yondoshuvlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Anjumanda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, aholini ijtimoiy himoyalash, qulay mehnat sharoitlari yaratish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, barcha millat va elat vakillarining hamjihatlikda hayot kechirishi, milliy qadriyatlari va madaniy merosini asrab-avaylashi uchun zarur shart-sharoit yaratishga doir mustahkam huquqiy asoslar yaratilgan.

Tadbir qatnashchilarining e’tibori ijtimoiy sohadagi islohotlarga qaratildi. Mamlakatimizda yaratilgan o’n ikki yillik uzluksiz ta’lim tizimi yoshlarimizga jahon andozalari darajasida bilim olish imkoniyatini berayotgani qayd etildi. Iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ijodiy intellektual salohiyatini ruyobga chiqarish bo’yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar birma-bir tilga olindi. Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash, milliy qadriyatlar bardavomligini ta’minlash, navqiron avlodni xalqimizning asriy an’analari va umuminsoniy qadriyatlarga ehtirom ruhida tarbiyalash ham davlat siyosatidagi masalalar ekanligi qayd etildi.

Shuningdek, muloqotda “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yaqinda bo’lib o’tgan Prezident saylovi hamda uning demokratik tamoyillar asosida ochiq-oshkora o’tkazilgani nafaqat xalqimiz, balki jahon jamoatchiligi tomonidan ham e’tirof etilgani xususida aniq misollar keltirildi, o’zaro fikr almashildi. Tadbir ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Tadbirda mustaqillik yillarida turli sohalar faoliyatiga oid adabiyotlar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Anjuman yakunida barcha muhokama etilgan masalalar yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqildi.

“Jahon” AA