MADANIY MEROSNI ASRAB-AVAYLASH
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Joriy yilning 5-7 oktyabr kunlari XXI «Ipak yo‘lida turizm” -2015 Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi doirasida BMT Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) bilan hamkorlikda “Madaniy merosni saqlash va O‘zbekistonda turizm rivojidagi ahamiyati” mavzusida xalqaro konferensiya o’tkaziladi, deb xabar beradi “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi.
O‘zbekiston dunyo tamaddunining o‘choqlaridan bir bo’lish bilan birga Yevropa va Osiyoni bog‘lab turuvchi asosiy ko‘prik hisoblanadi. Ko’p yillik tarixga ega bo‘lgan tarixiy-me’moriy obidalar, YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan mamlakatimizning qadimiy shaharlari bo’lmish Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz har yili ko‘plab xorijiy sayyohlarni o‘ziga onanraboday tortib kelmoqda.
Eslatib o’tamiz, mazkur konferensiyada UNWTO ekspertlari, ma’sul rahbarlari, ekspertlari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro diplomatik korpus, xalqaro tashkilot vakillari, mashhur olimlar, sayyohlik tashkilotlari va OAV vakillari ishtirok etadilar.
“Jahon” AA