Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MAHALLA SAYLOVIGA TAYYORGARLIK QIZG’IN DAVOM ETMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MAHALLA SAYLOVIGA TAYYORGARLIK QIZG'IN DAVOM ETMOQDA

Respublikamizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda mahalla institutining o’rni hamda ahamiyati tobora ortib borayapti. Mazkur tuzilma vakolatlari yanada kengaytirilgani, fuqarolar yig’ini raislari va ular maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik jarayonlarida ochiqlik hamda oshkoralik ustuvorligi ta’minlanayotgani, bu vazifalarga el-yurt hurmatiga sazovor, har tomonlama munosib, tashabbuskor fuqarolarning saylanishida tegishli qonunchilik me’yorlari belgilanganligi muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.

Ma’lumki, joriy yilning may — iyun oylarida bo’lib o’tadigan saylovda 9764 nafar fuqarolar yig’ini raisi va ularning 99 ming nafardan ziyod maslahatchilari saylanadi. Shu munosabat bilan respublikamizning barcha hududida mazkur muhim tadbirga puxta tayyorgarlik ko’rilayotir. Saylovning oshkoralik, muqobillik hamda tenglik prinsiplari asosida o’tishi uchun zarur choralar ko’rilayapti. Bu borada fuqarolar yig’ini raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil qilish hamda o’tkazishga ko’maklashuvchi komissiyalar va ishchi guruhlar uchun qulay sharoit yaratib berilgani hamda ularning samarali faoliyat olib borayotgani alohida ahamiyat kasb etayotir. Fuqarolar yig’inlari organlarini shakllantirishda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini to’liq ro’yobga chiqarish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, saylov jarayoni ishtirokchilarining amaldagi qonunchilikka rioya qilishlarini ta’minlash, fuqarolar yig’ini raislari va ularning maslahatchilari lavozimlariga nomzodlarning ish hamda axloqiy fazilatlari bilan aholini tanishtirishga qaratilgan sa’y-harakatlar izchil davom ettirilmoqda.

— Jamiyatimizni isloh qilish va demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash -jarayonlari chuqurlashib borayotgan bir sharoitda o’tkazilayotgan ushbu saylovda qonuniylikni, ochiq-oshkoralikni ta’minlash alohida ahamiyatga ega, — deydi fuqarolar yig’inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o’tkazishga ko’maklashuvchi Qashqadaryo viloyati komissiyasi raisi I. Abrarov. — Hududimiz bo’yicha 660 nafar fuqarolar yig’ini raisi va ularning 6 ming nafardan ziyod maslahatchisi saylanadi. Shu bois ushbu tadbirni yuqori saviyada o’tkazishga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Binobarin, fuqarolar yig’ini raislari hamda ularning maslahatchilari lavozimlariga yuqori bilim va malakaga ega, tashabbuskor fuqarolarning nomzodlarini ko’rsatishga jiddiy e’tibor qaratilayapti. Zero, ana shunday fazilatli insonlar mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, hududlarni izchil rivojlantirish, oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, “Oila — mahalla — ta’lim muassasasi” hamkorligini yanada kuchaytirishga munosib hissa qo’sha oladilar.

Saylovda Namangan viloyati bo’yicha 882 nafar fuqarolar yig’ini raisi hamda ularning 9000 nafardan ziyod maslahatchisi saylanishi rejalashtirilgan bo’lib, ayni chog’da mazkur tadbirga qizg’in hozirlik ko’rilmoqda. Ayni paytga qadar ko’maklashuvchi komissiyalar va ishchi guruhlar a’zolari hamda OAV xodimlari uchun hududiy seminarlar o’tkazilib, saylovni tashkil etish va o’tkazishning tashkiliy-huquqiy asoslari, fuqarolar yig’ini raislari hamda ularning maslahatchilari lavozimlariga munosib nomzodlar ko’rsatishning ahamiyati, saylovni o’tkazish tartibi va yakunlarini e’lon qilish, bu jarayonni ommaviy axborot vositalarida yoritishning o’ziga xos xususiyatlari haqida keng tushunchalar berildi. O’z navbatida, ko’maklashuvchi komissiyalar hamda ishchi guruhlarning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha qulaylik yaratildi, xizmat xonalari va huquqiy adabiyotlar bilan -ta’minlandi.

— Mahallaning hayotimizda tutgan o’rni beqiyos, — deydi saylovga ko’maklashuvchi Namangan viloyati komissiyasi huzuridagi axborot xizmati rahbari M. Parpiyev. — Shu bois bo’lajak saylovda fuqarolar yig’ini raislari hamda ular maslahatchilari lavozimlariga munosib fuqarolar saylanishini ta’minlash orqali mahalla institutining islohotlardagi ishtirokini yanada kengaytirish ayni muddaodir. Bu esa har bir fuqarodan faollikni talab etadi. Aytish joizki, aholining faolligini oshirishda, shubhasiz, ommaviy axborot vositalarining o’rni alohida. Viloyat ko’maklashuvchi komissiyasi huzuridagi axborot xizmati aynan shu maqsadda tashkil qilingan bo’lib, viloyatdagi barcha OAV bilan hamkorlikni yo’lga qo’yganmiz. Ular yordami tufayli saylovning tayyorgarlik bosqichini keng yoritayapmiz. Tabiiyki, saylov jarayonini yoritishda ham ana shu izchillikka amal qilamiz.

Fuqarolar yig’ini raisi va uning maslahatchilari lavozimlari — mas’uliyatli vazifa. Negaki, ular fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining qonun hujjatlarida belgilangan vazifalari ijrosini ta’minlashi, davlat organlarida, yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan o’zaro munosabatda yig’in nomidan ish olib borishi, yig’in a’zolari manfaatlarini to’liq ifodalashlari kerak bo’ladi. Mahallani aniq yo’naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik, shu jumladan, oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, uning davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini olib borishdagi o’rni hamda rolini yuksaltirish, avvalo, ushbu lavozimlarga qanday fuqarolar saylanishiga bog’liq. Shundan kelib chiqib, yurtimizning boshqa hududlarida bo’lgani kabi Buxoro viloyatida ham bu -masalaga katta mas’uliyat bilan yondashilmoqda.

Saylovga ko’maklashuvchi viloyat komissiyasi raisi Z. Tairovning qayd etishicha, bo’lajak saylovda eng munosib nomzodlar fuqarolar yig’ini raislari hamda ular maslahatchilari sifatida saylanishi oliy maqsadimiz — yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini ta’minlashda alohida rol o’ynaydi. Saylovda viloyat bo’yicha 558 nafar fuqarolar yig’ini raisi va ularning 5 ming nafarga yaqin maslahatchilari saylanishi ko’zda tutilgan. Ana shuning o’ziyoq muqobillik asosida o’tkaziladigan saylovning g’oyat katta ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega ekanidan dalolatdir. Komissiya o’z faoliyatini ana shu talablar asosida yo’lga qo’ygan.

— Hududimizdagi barcha mahallada fuqarolar yig’ini raislari hamda ular maslahatchi-lari lavozimlariga yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar mohiyatini yaxshi biladigan, eng muhimi, mazkur jarayonda faol ishtirok etadigan, tashabbuskor, izlanuvchan, aholi o’rtasida obro’-e’tibor qozongan fuqarolar nomzodlarini ko’rsatishga jiddiy e’tibor berilmoqda, — deydi Buxoro tumani “Kuchkumar” qishloq fuqarolar yig’inidagi saylovni tashkil etish va o’tkazish bo’yicha ishchi guruh rahbari

U. Ibodov. — Ana shunday fazilatlarga ega yig’in raislari va ularning maslahatchilari -mahallaning fuqarolik jamiyati institutlari tizimida tutgan o’rni hamda mavqyeini mustahkamlaydi, uning yurtimizda olib borilayotgan islohotlar jarayonida keng ishtirokini ta’minlaydi.

Surxondaryo viloyati saylovga ko’maklashuvchi komissiyasining ma’lumotiga ko’ra, hudud bo’yicha 832 nafar fuqarolar yig’ini raisi va ularning 8 ming nafardan ziyod maslahatchilari saylanadi. Viloyat, tuman va shaharlar ko’maklashuvchi komissiyalari tarkibiga 210 nafardan ziyod faollar, shu jumladan, Oliy Majlis Senati a’zolari, xalq deputatlari viloyat, tuman hamda shahar Kengashlari deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari kiritilgan. Ularning aksariyati oldingi saylovlarda ishtirok etgan hamda faollik ko’rsatgan fuqarolardir. Ishchi guruhlar tarkibiga 6 ming nafardan ortiq kishi jalb qilingan bo’lib, ularning aksariyati ilgarigi saylovlarda katta tajriba orttirgan, obro’-e’tiborli deputatlar, jamoat tashkilotlari vakillari hamda fuqarolar yig’ini a’zolaridan iborat.

— Avvalgi saylovlardan farqli ravishda bu safar ushbu muhim tadbirda qatnashadigan vakillar soni ancha ko’paytirildi, — deydi saylovga ko’maklashuvchi viloyat komissiyasi raisi A. Ahmedov. — Agar avvalgi saylovlarda har bir mahallada o’rtacha 50-60 nafar vakil qatnashgan bo’lsa, endilikda 70-80 nafar vakilning ishtirok etishi kutilmoqda. Zero, vakillar nafaqat saylovda, balki 2,5 yil muddat mobaynida fuqarolar yig’ini vakolatiga kiruvchi masalalarni ko’rib chiqishda, muhokama qilish va ijrosini ta’minlashda, o’zlari saylangan ko’chalar, qishloqlar hamda ko’p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi manfaatlarini fuqarolar yig’inida ifoda etishda qatnashadilar. Fuqarolar yig’ini raislari va ular maslahatchilari lavozimlariga nomzodlarni tavsiya qilishda ishchi guruhlar a’zolariga tuman va shaharlarda o’tkazilgan o’quv-seminarlarda o’zlashtirilgan bilim hamda ko’nikmalar qo’l kelmoqda, desak, mubolag’a emas. Bunday tadbirlarda 4500 nafardan ortiq saylov jarayoni ishtirokchilari qamrab olindi.

Mamlakatimizning barcha hududida fuqarolar yig’ini raislari va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ishlari qizg’in davom ettirilmoqda."

"Jahon" AA