Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MAHALLA – TARBIYA O‘CHOG‘I, MA’NAVIYAT MASKANI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MAHALLA – TARBIYA O‘CHOG‘I, MA'NAVIYAT MASKANI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada rivojlantirish, mahallaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mamlakat va jamiyat ravnaqida mahallaning rolini oshirishga xizmat qilmoqda.

Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

– Poytaxtimizdagi har bir tumanda mahalla fuqarolar yig‘ini raisining jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan yoshlar masalalari hamda keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari sayloviga doir seminarlar o‘tkazildi, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi bosh mutaxassisi Navro‘z Musayev. – Joriy yilning 15-martidan 1-apreliga qadar mavjud 505 mahalla fuqarolar yig‘inida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan yoshlar masalalari hamda keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlar saylovi bo‘lib o‘tdi.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalar sport maydonchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish maqsadida 2017 – 2021-yillarga mo‘ljallangan Toshkent shahar hududiy dasturi ishlab chiqilmoqda. 2018-yilning 1-dekabriga qadar tumanlar va shaharlarda “Mahalla markazi” majmualari binolarini namunaviy loyihalar asosida barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlarning tashkiliy yig‘ilishlari barcha tumanlarda o‘tkazildi.

Mahallalarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash maqsadida fuqarolar yig‘ini kengashi tarkibiga fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosarlari, hududdagi profilaktika inspektorlari, ta’lim muassasalari va oilaviy poliklinikalar rahbarlari kiritildi.

– Davlatimiz rahbari tomonidan mahallalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikni ushbu farmon misolida ham ko‘rish mumkin, – deydi poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi Yunus Rajabiy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Adham Zohidov. – Farmonni batafsil o‘rganib chiqib, bu borada bajaradigan ishlarimizni belgilab oldik. Fuqarolarimiz mazkur hujjatni mamnuniyat bilan qabul qildi.

Farmonda mahallaning joylardagi dolzarb masalalarni samarali hal qilishdagi rolini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda davlat va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan aniq va ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Yunus Rajabiy nomidagi mahallada joriy yilning 25-mart kuni Bozorboy Eshonov mahalla raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari etib saylangan. U yoshi ulug‘ insonlar yashayotgan har bir xonadon bilan yaqindan tanishib chiqmoqda. Bozorboy aka kuni kecha mahalla nuroniylaridan biri Toyir ota Allashevdan xabar oldi. Toyir ota va betob qizining ko‘ngli mahalladoshlarining e’tibori va g‘amxo‘rligidan tog‘dek ko‘tarildi.

Yoshlar ishlari bo‘yicha rais o‘rinbosari etib saylangan Zilola Hasanboyeva mahalladagi o‘g‘il-qizlarning darsga o‘z vaqtida qatnayotgani, ularning qiziqishlari va oilalardagi muhitni o‘rganib chiqmoqda. Mahalla posbonlari bilan hamkorlikda darslarga o‘z vaqtida qatnamayotgan o‘quvchilar bilan tushuntirish ishlari olib bormoqda. Yakkasaroy yengil sanoat kasb-hunar kolleji va Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kollejida tahsil olayotgan ba’zi o‘quvchilarning darslarga vaqtida bormayotgani aniqlandi. Yoshlarning ota-onalari bilan suhbatlashildi. Yuzaga kelgan vaziyat va yoshlarning qiziqishlari o‘rganildi. O‘quvchilarning ingliz tili va sportning tennis turlariga ishtiyoqi borligi aniqlanib, mahalla faollari ko‘magida ular to‘garaklarga jalb qilindi.

Mahalla hududida bitta umumta’lim maktabi va uchta maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan. Ushbu maskanlar bilan doimiy hamkorlik va hamjihatlikda ish olib borilganligi yaxshi natijalar berayotir. Mahalla fuqarolar yig‘ini ko‘magida hududdagi 323-maktabgacha ta’lim muassasasini kapital ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Mahallada aholini ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotir. Xalq banki, “Ipoteka” banklari bilan hamkorlikda aholining tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishini oshirish, buning uchun bankdan kredit olishning tartib-tamoyillari tushuntirildi. Joriy yilda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan qirqdan ziyod fuqaroga imtiyozli kredit olishga ko‘maklashildi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida tuman hokimligi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi tomonidan Yunus Rajabiy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘iniga uchta komputer jamlanmasi va mebellar berildi.

Muxtasar aytganda, yuqorida nomi keltirib o‘tilgan farmon ijrosini ta’minlash mamlakatimizdagi har bir mahallaning haqiqiy ma’noda ma’naviyat va tarbiya maskaniga aylanishiga xizmat qiladi.

O’zA