MAHORATLI TENNISCHILARIMIZ XALQARO TURNIRLARDA MUVAFFAQIYATLI ISHTIROK ETMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Xitoy va AQShda o‘tkazilayotgan xalqaro turnirlarda tennischilarimiz Nigina Abduraimova va Sabina Sharipova muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Xitoydagi "Wuhan - 2016" turnirida mezbon tennischilar Ziyu Sundanni 6:2, 6:4, to’rtinchi raqamda saralangan Ksinyun Xanni 5:7, 6:2, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalda polshalik Ursula Radvanskaga qarshi kortga chiqdi.
Muhim uchrashuvda Nigina o’ta kuchli o’yin ko’rsatdi. Birinchi setda hamyurtimiz nomdor raqibasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 6:0 hisobida zafar quchdi. Ursula Radvanska ikkinchi setda tajribasi evaziga 6:2 hisobida ustun keldi. Biroq hal qiluvchi uchinchi setda hamyurtimiz polshalik raketka ustasidan kuchli ekanini namoyish etdi - 7:6. Nigina ushbu uchrashuvda g’alaba qozonishi uchun 3 soatu 50 daqiqa kerak bo’ldi.Endi tennischimiz yarim finalda tailandlik Luksika Kumxum bilan bellashadi.
Iste’dodli tennischimiz Sabina Sharipova AQShning Leksington shahrida o’tkazilayotgan nufuzli musobaqadagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Turnirning mukofot jamg’armasi 50 ming dollarni tashkil qiladi. Hamyurtimiz yakkalikning ikkinchi davra uchrashuvida amerikalik tennischi Francheska Di Lorensoni 2:6, 7:6(3), 6:1 hisobida mag’lub etdi. Uning chorak finaldagi raqibasi gollandiyalik mashhur tennischi Mikaela Kraychek bo’ladi.
Eslatib o’tamiz, Sharipova ilk bosqichda amerikalik Jenifer Eliyega qarshi kortga chiqib, 6:2, 6:4 hisobida zafar quchgan edi.
UZREPORT