Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MAHSULOTLARIMIZ XALQARO STANDARTLARGA MOS

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MAHSULOTLARIMIZ XALQARO STANDARTLARGA MOS

Milliy matbuot markazida «O‘zstandart» agentligi tomonidan «Mamlakatimizda xalqaro standartlarni joriy etishning dolzarb masalalari» mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

«O‘zstandart» agentligi bosh direktori A.Hayitov va boshqalar mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, xalqaro sifat standartlari asosida faoliyat ko‘rsatishga qaratilayotgan e’tibor tufayli mahsulotlarimiz nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham mustahkam o‘rin egallayotganini ta’kidladi.

Birinchi Prezidentimizning 2012-yil 26-martdagi “Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

«O‘zstandart» agentligi tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yanada yaxshilash, muvofiqlikni baholash natijalari tan olinishini ta’minlash maqsadida 2020-yilgacha sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.

– Dastur ijrosi doirasida sinov va o‘lchov vositalarini modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash, laboratoriyalarni xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazish, xalqaro standartlarni va sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi “O‘zstandart” agentligi boshqarma boshlig‘i Odiljon Tohirov. – 2016-yilda sinov va o‘lchov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va qayta jihozlashga 4849,2 million so‘mlik mablag‘ sarflanib, 172 zamonaviy va yuqori aniqlikdagi uskunalar xarid qilindi.

Agentlikning oziq-ovqat, yengil sanoat, elektrotexnika va qurilish yo‘nalishlari bo‘yicha sinov laboratoriyalari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilgan. Matbuot anjumanida agentlik tomonidan 2017-yilda tizimdagi yana 4 sinov laboratoriyasini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilganligi qayd etildi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi.

O’zA