Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MAHSULOTNING SARASI – BOZORNING BARAKASI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MAHSULOTNING SARASI – BOZORNING BARAKASI

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida meva-sabzavot yetishtirishni ko‘paytirish, saqlash, qayta ishlash va xorijga eksport qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2016-yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘layotir.

Tumandagi “Texno medium” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘tgan yili sobiq agrofirmaning qarovsiz inshootini ko‘chmas mulk birjasi orqali sotib olib, 600 tonna meva-sabzavot saqlashga mo‘ljallangan omborxona barpo etgan edi. Joriy yilda korxona bu yo‘nalishda yana bir yangi loyihani amalga oshirdi, sig‘imi 850 tonna bo‘lgan ikkinchi omborxona ishga tushdi. Germaniyada ishlab chiqarilgan katta sig‘imli energiya tejamkor sovutkichlar, meva-sabzavot saqlaydigan maxsus idishlar bilan jihozlangan omborxonalarning umumiy sig‘imi 1 ming 450 tonnaga yetdi. Meva-sabzavotni uzoq muddat sifatli saqlaydigan omborxonalar barpo etilishi sohibkor va tadbirkorlarga katta qulaylik yaratmoqda.

– “Daladagisi emas, xirmondagi hisob” degan xalq maqoli bejiz aytilmagan, – deydi tumandagi “Guliston” fermer xo‘jaligi rahbari Nuriddin Jo‘rayev. – Dehqonni o‘ylantiradigan ish mahsulotni sifatli saqlash, yaxshi narxda sotish. Davlatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli yirik sovutkichlar qurilayotgani, xalqaro yarmarkalar tashkil etilayotgani fermerlarga mahsulotini sotish uchun keng imkoniyat yaratmoqda. Biz ham bundan samarali foydalanib, “Texno medium” sovutkichiga 15 tonna uzum qo‘ydik. Hali hosil bor, zaxirani yana ko‘paytiramiz.

Hosil yig‘ish qizg‘in borayotgan shu kunlarda omborxonaga saqlash uchun hududdagi korxona, tadbirkor va fermerlardan shartnoma asosida 700 tonnadan ziyod mahsulot qabul qilindi.

– Omborxonamizda mahsulotlarini saqlayotgan fermerlar, tadbirkorlar poytaxtimizda o‘tkaziladigan navbatdagi xalqaro yarmarkaning boshlanishini kutishmoqda, – deydi “Texno medium” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari E.Eshmirzaev. – Sovutkichlarda saqlanayotgan mahsulot sifatidan yarmarkaga kelgan xorijlik xaridorlar mamnun bo‘lishi shubhasiz. Bundan tashqari, yarmarka ilm-fan sohasidagi yangiliklar bilan tanishish, xorijiy hamkorlarning mahsulot sifati, ko‘rinishi, qadoqlash texnologiyasi, kimyoviy tarkibiga qo‘yadigan talablarini bilish imkoniyatini beradi.

Viloyatda meva-sabzavot yetishtirishni ko‘paytirish, xarid qilish va foydalanish tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan yili hududda 98 ming tonna meva, 341 ming tonna sabzavot, 69 ming 600 tonna kartoshka yetishtirilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni tegishli ravishda 112 ming, 420 ming 700, 80 ming 400 tonnadan oshirish rejalashtirilgan.

Joriy yil boshida paxta hosildorligi 12-15 sentnerdan oshmaydigan 4 ming 100 gektar yerning 3 ming 850 gektariga qo‘shimcha oziq-ovqat ekinlari ekilgani samarasi shu kunlarda bozor va omborlarimizning to‘kinligida namoyon bo‘lmoqda. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rivojlanib, bog‘dorchilikda intensiv texnologiyalar keng joriy etilayotgani tarmoqqa yanada baraka kiritmoqda.

O’zA