Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MAJLISDA SIYOSIY PARTIYALAR VAKILLARI, OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING XODIMLARI ISHTIROK ETDI.

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MAJLISDA SIYOSIY PARTIYALAR VAKILLARI, OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING XODIMLARI ISHTIROK ETDI.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 241–moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi 2016 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalarning taqdim etilgan arizalari va boshqa hujjatlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasiga saylovda ishtirok etishga ijozat berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalarning vakolatli vakillariga ro‘yxatga olinganlik guvohnomalarini va belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalarini berdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish va ularning shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

Komissiya a’zolari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.

Barcha muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

******

Shu kunning o‘zida mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasining borishiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov saylovga tayyorgarlik ishlari qonunchilik talablari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Asosiy tadbirlar dasturi asosida izchil olib borilayotganini qayd etdi.

Saylov kampaniyasi qizg‘in pallaga kirib bormoqda, saylovda ishtirok etuvchi partiyalar aniqlandi, ularga imzo varaqalari blankalari berildi. Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan saylovchilar imzosini ish, xizmat, o‘qish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida to‘plashga haqli.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida” gi Qonunga 2015 yil 29 dekabrda kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari O‘zbekiston Respublikasi jami saylovchilar umumiy sonining 5 foizidan 1 foizigacha kamaytirildi.

Bu 214 350 nafar saylovchi imzosini tashkil etadi.

Bu imzolar kamida sakkizta ma’muriy-hududiy tuzilma namoyandasi bo‘lgan saylovchilarni qamrab olgan bo‘lishi kerak. Ma’muriy-hududiy tuzilmalardan birida siyosiy partiya imzolar umumiy miqdorining ko‘pi bilan sakkiz foizini to‘plashi mumkin.

Anjumanda jurnalistlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari tuzilganligi haqida xabardor qilindi. Okrug saylov komissiyalarining 56,6 foizi avvalgi saylovlarda amaliy tajriba to‘plagan, jamiyatimizning obro‘li vakillaridir. Komissiya a’zolarining 56 nafari, ya’ni 36,8 foizi xotin-qizlardir, ularning 12 nafari esa saylov komissiyalarining rahbariyatidan joy egallagan.

Ta’kidlanganidek, butun saylov kampaniyasi oshkoralik va ochiqlik tamoyillari asosida olib borilmoqda. Shu maqsadda Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zA, “Jahon”, “Uzreport” axborot agentliklari, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan ikki tomonlama bitimlar imzolandi.

Respublika matbuot markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan xorijiy va milliy ommaviy axborot vositalarining qariyb 400 nafar vakili akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Shu bilan birga Markaziy saylov komissiyasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi kabi nufuzli xalqaro tuzilmalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun taklifnomalar yuborilgani ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini
yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi

www.elections.uz