Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR, SOLIQ-BUDJET SIYOSATI VA 2020 YILGA MO‘LJALLANGAN PARAMETRLAR KO‘RIB CHIQILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR, SOLIQ-BUDJET SIYOSATI VA 2020 YILGA MO‘LJALLANGAN PARAMETRLAR KO‘RIB CHIQILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 oktabr kuni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-budjet siyosati, davlat budjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020 yilga mo‘ljallangan parametrlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Eslatish joiz, 2018 yilning 22 avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Budjet ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.

Mazkur qarorga muvofiq, budjet ma’lumotlarining ochiqligini yanada oshirish maqsadida budjet mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning yangi tartibi belgilangan.

Ushbu tizimga ko‘ra, 2020 yildan boshlab davlat budjeti qonun shaklida qabul qilinadi va xalq vakillari tomonidan nazoratga olinadi. Parlamentga taqdim etiladigan Budjet to‘g‘risidagi qonun loyihasida va Budjetnomada aholi va tashqi hamkorlarimizga mamlakat budjetining holati ochiq-oydin, xalqaro standartlarga muvofiq tarzda ko‘rsatiladi.

Respublika budjeti borasidagi normativ hujjatlar Oliy Majlis tomonidan, mahalliy budjetlar esa joylardagi xalq deputatlari kengashlari tomonidan qabul qilinadi. Qolaversa, xarajatlar sohalar bo‘yicha emas, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanadi. Idoralar mustaqilligini oshirish bilan birga, xarajatlarning samarasi uchun mas’uliyati ham kuchaytirilmoqda.

Joriy etilayotgan yangi tizimning yana bir o‘ziga xos jihati – markazlashgan budjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechish. Masalan, mahalliy budjetlar daromadini mustahkamlash maqsadida avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari mahalliy budjetga o‘tkazilmoqda. Alkogol mahsulotlari va mobil aloqa xizmatini ko‘rsatish uchun aksiz solig‘i tushumlari aholi sonidan kelib chiqib hududlar o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha prognozdan orttirib bajarilgan qismi to‘liq xududlarda qoldiriladi.

2020 yildan boshlab mahalliy budjetlarning qo‘shimcha daromadlari kengashlar tomonidan ma’qullangan yo‘nalishlarga ajratiladi. Faqat kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlargina hokimliklar tomonidan tasdiqlanishi va keyinchalik ularning to‘g‘ri sarflangani haqida kengashlar oldida hisobоt berilishi lozim.

Yig‘ilishda mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, kelgusi yilga mo‘ljallanayotgan prognoz parametrlari, iqtisodiyotga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan ichki va tashqi omillar chuqur tahlil qilindi.

Xalqaro ekspertlar, xususan Xalqaro valyuta jamg‘armasi joriy yilda jahon yalpi mahsuloti o‘sishi dastlabki prognozga nisbatan 1 foizgacha kamayib, 3 foiz bo‘lishini baholagan. Mamlakatimizning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan davlatlarda ham iqtisodiy sur’atlar sustlashgan. Jahon bozorida raqobat tobora kuchayib, ayrim davlatlar o‘rtasida “iqtisodiy urushlar” davom etmoqda. Bu omillar O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sir etmay qolmaydi, albatta.

Prezidentimiz makroiqtisodiyot va davlat budjeti parametrlarini ushbu xavf-xatarlarni hisobga olib belgilash lozimligini ta’kidladi.

– Iqtisodiyot tarmoqlarini “oyoqqa turg‘azish”, raqobatbardosh qilish uchun keyingi ikki yilda ularga barcha imkoniyatlar berildi. Biroq, bu imkoniyatlardan foydalanib, qaysi tarmoq mehnat unumdorligini oshirdi, mahsulotlar raqobatbardosh bo‘lishi va eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi ko‘payishini ta’minlay oldi? Afsuski, birorta tarmoqni bugungi kunda “zo‘r ishladi yoki yuqori natija berdi”, deb ayta olmaymiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Iqtisodiyot tarmoqlaridagi tizimli muammolar, inflyatsiya darajasining 16 foizdan pasaymagani aholi to‘lov qobiliyatiga salbiy ta’sir etayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

– Asosiy vazifamiz – xalqimizga munosib ish o‘rinlari yaratgan holda, daromadlarni oshirish. Joylarda iqtisodiy faol aholi ko‘p. Odamlarimiz daromad topib, turmush sharoitini yaxshilash uchun mehnat qilishni xohlamoqda. Buning uchun aholi to‘lov qobiliyatini oshirish va bozorda mahsulotlarga barqaror talab shakllantirish orqali ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashimiz kerak, – deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.

Misol uchun, qandolat, tayyor sut va go‘sht mahsulotlari, sharbat va salqin ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha 100 dan ziyod muhim investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida iste’mol talabi qondirilib, inflyatsiya me’yorlashishi mumkinligi qayd etildi.

Oziq-ovqat, go‘sht, un va qandolat mahsulotlari, kiyim-kechak, charm-poyabzal, elektrotexnika, farmatsevtika ishlab chiqarish hajmini 2020 yilda sezilarli ko‘paytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Inflyatsiya darajasiga ta’sir etayotgan yana bir omil mahsulotlar tannarxi yuqoriligidir. Shu bois mutasaddilarga davlat ulushi bo‘lgan barcha korxonalarda mahsulot tannarxini tahlil qilib, quvvatlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish, zarur hollarda xususiy sektorga berish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.

Kelgusi yilda 153 ta yirik investitsiya loyihasini shunchaki foydalanishga topshirish emas, balki raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarib, yalpi ichki mahsulot hajmi va ish o‘rinlarini ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.

Oxirgi yillarda tashkil etilgan 23 ta korxona past quvvatlarda ishlayotgani, rejalashtirilgan ayrim loyihalar o‘z vaqtida faoliyat boshlamagani tanqid qilindi.

Vazirlar Mahkamasiga iqtisodiy o‘sish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan, budjetga tushumlarni ko‘paytiradigan investitsiya loyihalarini shakllantirishga mas’ul bo‘lgan doimiy Ishchi komissiya tuzish, investitsiya loyihalari va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari ijrosini muhokama qilib borish bo‘yicha topshiriq berildi.

Yig‘ilishda eksport tarkibi, tashqi bozordagi talab va yurtimiz korxonalarining undagi o‘rni chuqur tahlil qilindi.

O‘zbekiston eksportining 50 foizidan yuqorisini hanuzgacha gaz, oltin, kumush, mis, rux, polietilen kabi xomashyolar tashkil etayotgani, arzon xomashyo mavjud bo‘lgan tarmoqlar bo‘yicha ishlab chiqarish va eksport yetarlicha yo‘lga qo‘yilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, mamlakatimizda charm-poyabzal eksporti bo‘yicha kamida 1,5 milliard dollarlik salohiyat bo‘lsa-da, hozirda bu boradagi ko‘rsatkich 200 million dollarga ham yetmaydi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga terini chuqur qayta ishlab, ayollar poyabzallari va sumkalari, sport anjomlari va boshqa tayyor charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish orqali eksport hajmini 2 barobar oshirish vazifasi qo‘yildi.

To‘qimachilik mahsulotlari eksporti so‘nggi ikki yilda 2 barobarga oshib, 1 milliard 600 million dollarga yetgan bo‘lsa ham, uning deyarli yarmini ip-kalava tashkil etmoqda.

Shu bois Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga eksportda tayyor mahsulotlar ulushini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yana bir tahlil: dunyoda meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozori 205 milliard dollarni tashkil etadi. Yurtimizning bu bozordagi ulushi esa bir foizga ham yetmaydi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasiga meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanda ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish, “mahsulot yetishtirish – xarid qilish – saqlash yoki qayta ishlash – eksport” zanjirini yaratuvchi kooperatsiyalar tashkil etish orqali eksport hajmini bosqichma-bosqich 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Mashinasozlik va elektrotexnika tovarlarining qo‘shilgan qiymati yuqori, dunyoda ularga doimiy talab ham bor. Lekin tarmoq korxonalari bu imkoniyatdan to‘la foydalanmayapti. Shundan kelib chiqib, soha mutasaddilariga qo‘shni davlatlar bilan savdoni rivojlantirish, eksport hajmini 2-3 barobar oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Oxirgi uch yildagi faol investitsiya oqimi tufayli soha va hududlarga ko‘p mablag‘ yo‘naltirilgani qayd etilar ekan, jalb qilinayotgan har bir dollarning natijadorligiga asosiy e’tibor qaratish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

– Barcha rahbarlar aniq bilib olsin – qat’iy hisob-kitob, texnik-iqtisodiy asoslarsiz biror bir loyihani moliyalashtirishga ruxsat berilmaydi, – dedi Prezident.

Bosh vazir rahbarligida tashqi qarz hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar natijadorligini nazorat qilish bo‘yicha komissiya tashkil etib, mas’ul idoralarning hisobоtini qabul qilish zarurligi ta’kidlandi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilgan soliq islohotlari tushumlar ko‘payishida ijobiy natijalar bermoqda. Buni xalqaro moliyaviy institutlar ham tasdiqlamoqda.

Masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari soni 12 barobar, foyda solig‘i to‘lovchilari soni 6,5 barobarga oshgan. Ish haqiga nisbatan soliq yuki keskin pasaytirilgani natijasida daromad solig‘i to‘lovchilari soni 700 mingga, ushbu soliq tushumi esa 2 barobarga ortdi.

Mazkur islohotlarning davomi sifatida joriy yil 1 oktyabrdan qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga tushirilib, qator imtiyozlar bekor qilindi. 2020 yil 1 yanvardan esa davlat ulushi bor korxonalarga ham yagona ijtimoiy to‘lov 25 foizdan 12 foizgacha pasaytiriladi. Bu choralar natijasida kelgusi yilda soliq to‘lovchilar ixtiyorida 12,8 trillion so‘m miqdorida mablag‘lar qoladi.

Prezidentimiz Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasiga 2020 yil uchun prognoz qilingan budjet tushumini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berdi. Bunda elektron hisob-faktura, zamonaviy markirovka, onlayn kassa mashinasi kabi ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish orqali soliq ma’muriyatchiligini yaxshilash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bojxona organlarida samarali ishlaydigan yangi vertikal tizimni shakllantirish, bunda import qilinayotgan tovarlar narxini haqqoniy baholash, risk-analiz va boshqa zamonaviy usullarni keng qo‘llash, shuningdek, ichki nazoratni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari soliq yukini pasaytirish iqtisodiyotga va aholi farovonligiga ijobiy ta’sir etishini inobatga olib, bu masalaga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda 2020 yil budjetining xarajatlar qismi ham chuqur tahlil qilindi.

Jumladan, kelgusi yili ijtimoiy sohalar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hajmi ortishi ko‘zda tutilgan. Masalan, sog‘liqni saqlash tizimiga yo‘naltiriladigan xarajatlar joriy yildagiga nisbatan 18 foizga, ta’lim sohasiga – 10 foizga va ilm-fan rivojiga – 47 foizga ko‘payadi. Qolaversa, ta’lim, tibbiyot, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, infratuzilmalarni yaxshilash kabi yo‘nalishlarda 100 ga yaqin maqsadli dasturlar rejalashtirilgan.

Aholini dori vositalari bilan ta’minlash uchun 1,3 barobar, bolalar sporti dasturi uchun 3 barobar, geologiya-qidiruv ishlari dasturiga 4 barobar ko‘p mablag‘ ajratish mo‘ljallangan.

Shuningdek, paxtachilik va bog‘dorchilikda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish xarajatlariga ham alohida o‘rin berilgan.

Prezidentimiz xarajatlar borasidagi eng ustuvor vazifa moliya-budjet intizomi, yo‘naltirilayotgan har bir so‘m iqtisodiyot uchun qanday natija berayotgani asosiy mezon bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. Moliya vazirligi va Hisob palatasiga budjetdan moliyalashtiriladigan dasturlarning maqsadli indikatorlarini belgilash va ijrosini baholash tartibini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Hokimliklarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash maqsadida hududiy moliya organlarini to‘liq mahalliy davlat organlari tuzilmasiga o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

Avtomobil yo‘llari, irrigatsiya, melioratsiya kabi sohalarga investitsiya xarajatlari bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi.

Muhokama qilingan barcha jihatlarni hisobga olib, “2020 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga taqdim etish kerakligi qayd etildi.

WWW.PRESIDENT.UZ