MAKTAB YARMARKALARI: YANGI O’QUV YILIGA PUXTA HOZIRLIK
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Respublika bolalar kutubxonasida maktab o’quv qurollari, darsliklar, kiyim-kechaklar, poyabzallar ko’rgazmasi tashkil etildi, deb xabar beradi O’zbekiston Milliy axborot agentligi.
O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida navqiron avlodni hyech kimdan kam bo’lmagan insonlar etib voyaga yetkazish, ularga puxta bilim berish masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
2015/2016 o’quv yiliga ham mamlakatimizda puxta hozirlik ko’rildi. Maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy o’quv-uslubiy vositalar, kompyuter, mebel jihozlari bilan ta’minlash yuzasidan keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.
Yangi o’quv yili arafasida mamlakatimizda ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida 10 avgustdan 10 sentyabrga qadar faoliyat ko’rsatadigan 1876 maktab yarmarkasi tashkil etildi. Jumladan, yirik savdo majmualari, bozorlar, 970 umumta’lim maktabida yarmarkalar o’tkazilmoqda. Tog’li va cho’l hududlarida yuzga yaqin avtodo’kon xizmat ko’rsatmoqda. Ularda 26 turdagi o’quv qurollari va jihozlari sotuvi tashkil etildi. Ularning aksariyati mamlakatimizda ishlab chiqarilgan bo’lib, asosiy turdagi mahsulotlarni aniqlangan ehtiyoj asosida mutasaddi kompaniya va tashkilotlar yetkazib bermoqda.
Mahsulotlarni saqlash, yong’in xavfsizligini ta’minlash va boshqa choralar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Mahalliy hokimliklar O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi bilan birgalikda savdosi tashkil etilayotgan mahsulotlarning amaldagi standartlarga javob berishi hamda sifatini nazorat qilayotir. Mahsulotlar narxi sun’iy tarzda oshib ketishining oldini olish va yarmarkalarda to’lov terminallari uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida mahalliy hokimliklar va Davlat soliq qo’mitasi tomonidan doimiy nazorat yo’lga qo’yilgan.
— «O’zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi korxonalar bilan hamkorlikda ish olib boramiz, - deydi «Sharq liboslari» dizayn markazi dizayneri Nodira Yermetova. - Maktab o’quvchilari uchun formalarning kolleksiyalarini yaratishda mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan tabiiy matolarni tanlashga, maktab kiyimlari qulay, ixcham, zamonaviy hamda gigiyenik talablarga mos bo’lishiga alohida e’tibor qaratamiz.
«O’qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan ham yangi o’quv yiliga qizg’in tayyorgarlik ko’rilgan. 3 million 100 ming dona qayta nashrdagi, 600 mingdan ortiq yangi nashrdagi darsliklar tayyorlandi. 1-sinflar uchun «Mehnat ta’limi», 4-5-sinflar uchun «Jismoniy tarbiya», yordamchi maktablarning 1-sinflari uchun «Nutq o’stirish» darsliklari shular jumlasidan. Maktab o’quvchilari uchun o’quv, rasm daftarlari, yozuv va qayd qog’ozi, 57 nomdagi bolalar adabiyoti chop etildi.
— Bu yilgi yarmarkalar ham ota-onalarga manzur bo’lishi shubhasiz, - deydi «O’zbekcharmpoyabzali» uyushmasi bosh mutaxassisi Shuhrat Aliyev. - Chunki bu yerda sifatli mahsulotlarni xarid qilish imkoniyati mavjud. Uyushmamiz tarkibidagi korxonalar yarmarkalarga maktab sumkasi bilan birga keng assortimentdagi bolalar poyabzallari yetkazib berdi.