Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MALAKALI MUTAXASSIS — DAVR TALABI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MALAKALI MUTAXASSIS — DAVR TALABI

Mamlakatimizning ilmiy-texnikaviy salohiyati yildan-yilga yuksalib bormoqda. Jumladan, avtomobilsozlik, elektronika sohalarida qo’lga kiritilayotgan yutuqlar, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bunda soha mutaxassislari bilan bir qatorda, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallagan ishchilarning ham munosib hissasi bor. Ana shunday malakali kadrlar yetkazib berishda Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o’qitish markazining ham ahamiyati katta bo’layotir.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA) ishtirokida Kasb-hunarga o’qitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq faoliyat boshlagan ushbu muassasa keng imkoniyatlari bilan mamlakatimiz kasbiy ta’lim tizimida o’zining munosib o’rnini egalladi, deyish mumkin. Negaki, 2012 yildan buyon hozirgi kunga qadar bu yerda yurtimizdagi yetakchi korxonalar, ishlab chiqarish sub’yektlari uchun 1800 nafar malakali mutaxassis tayyorlandi.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, tashkilot va muassasalar buyurtmasiga asosan, har yili tuman, shahar Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan ishsiz yoshlar zamonaviy kasblarga qayta o’qitiladi. Buning uchun bazaviy kasb-hunar kollejlari va ishsizlarni kasbga tayyorlash markazlari imkoniyatlaridan foydalanilmoqda. Mazkur markaz aynan ushbu maqsadlarga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyatga ega.

Markaz eng zamonaviy o’quv-laboratoriya jihozlari, uskuna va dastgohlar, o’quv qurollari hamda qo’llanmalar bilan ta’minlangan bo’lib, viloyatlardan kelganlar uchun yuz o’rinli yotoqxona ham mavjud. Bu yerda har yili ishsizlar orasidan 360 nafar qobiliyatli yoshlar tanlab olinib, mashinasozlik, elektrotexnika, elektronika, axborot texnologiyalari, avtomobillarga xizmat ko’rsatish yo’nalishlarida malakali ishchi-mutaxassislar tayyorlanadi. Muassasaga istiqbolli loyiha asosida KOISA tashkiloti tomonidan Quyosh energiyasi asosida ishlovchi minielektr stansiyasi o’rnatildi. Ushbu moslamaning afzalligi shundaki, u o’quv kursi xonasi va laboratoriyasini elektr energiyasi bilan ta’minlash barobarida, o’quvchilarning amaliyotida ham g’oyat qo’l kelmoqda.

Mehnat bozorida yuqori talabga ega bo’lgan kasblar va mutaxassisliklar bo’yicha korxonalar bilan tuzilgan shartnoma asosida qisqa muddatli pulli o’qitishlar ham tashkillashtirilgan. Muassasamizda o’tkaziladigan “Ochiq eshiklar kuni”, “Bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi” singari tadbirlar esa mutaxassislarimizga ish joyi tanlash imkonini bersa, ish beruvchilar uchun kadrlarga bo’lgan ehtiyojni qoplashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Markazda kasb-hunarga o’qitilgan yoshlar bugungi kunda “O’zavtosanoat”, “O’zeltexsanoat”, “O’zbektelekom”, “Toshavtotexxizmat”, “GM Powertrain Uzbekistan”, “O’zagromashservis”, Bekobod metallurgiya kombinati, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimi idoralari va boshqa qator korxona hamda tashkilotlarda faoliyat yuritishayotir. Qolaversa, mamlakatimizdagi texnika sohasiga yo’naltirilgan oliy o’quv yurtlari, jumladan, Toshkent davlat texnika universiteti, Turin politexnika universiteti, Toshkent avtomobil-yo’llar instituti singari muassasalar bilan “Mashinasozlik sanoati”, “Avtomobilsozlik” yo’nalishlari bo’yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar o’tkazish borasida hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi yoshlar uchun ham maxsus o’quv kurslari mavjud. Birgina 2015 yilning o’zida ana shu davlatga ishga yuborilayotgan yoshlardan 600 nafari markazda maxsus ishlab chiqilgan o’quv dasturi va rejalari asosida texnika, yong’in xavfsizligi hamda mehnat muhofazasi bo’yicha o’qitildi. Bundan tashqari, vaqtinchalik ish bilan band bo’lmagan fuqarolar hamda Toshkent shahrida, viloyatlarda joylashgan sanoat korxonalarining buyurtmalari asosida mehnat bozorida yuqori talabga ega bo’lgan kasblar va mutaxassisliklar bo’yicha ham qisqa muddatli kurslar tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar 300 nafar yosh maxsus dastur asosida kasb-hunar egalladi.

Yana bir e’tiborli tomoni shundaki, o’qituvchi va ishlab chiqarish ustalarimizdan o’n nafari Janubiy Koreyaning turdosh markazlaridagi o’quv jarayonlari bilan tanishib, malaka oshirib qaytishdi. Markazimizning boshqa kasbiy ta’lim muassasalaridan farqi shundaki, bu yerda o’quv dasturi va jarayoni o’ziga xos bo’lib, o’qishning 30-35 foizi nazariy va 65-70 foizi amaliy mashg’ulotlardan iborat. Shuningdek, o’n oyga mo’ljallangan kursning so’nggi to’rt oyi bevosita ish joyi, ya’ni korxonada o’tkaziladi.

Bugungi kunda markazimizga yurtimizning yuzdan ziyod yetakchi korxonalaridan ishchi-mutaxassislar uchun buyurtmalar kelib tushgan. Bu esa, o’z navbatida, kasb egallayotgan bo’lajak mutaxassislarning tanlagan sohasi bo’yicha ishga joylashishi kafolatlanadi, deganidir.

"XALQ SO’ZI" GAZETASI