Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MALAYZIAYDA O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGI KUNI NISHONLANDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MALAYZIAYDA O'ZBEKISTON MUSTAQILLIGI KUNI NISHONLANDI

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida mamlakatimiz mustaqilligning 24-yilligi munosabati bilan tantanali qabul marosimi bo’lib o’tdi.

O’zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi tomonidan tashkil qilingan mazkur tadbirda mazkur mamlakat siyosiy-jamoatchilik, ishbilarmon va ilmiy doiralari vakillari, vazirlik va idoralari xodmlari, shuningdek, OAV ishtirok etdilar.

Mezbon mamlakat hukumati nomidan asosiy mehmon sifatida Malayziya Ichki ishlar vaziri o’rinbosari Datuk Nur Jazlan Muhammad so’zga chiqdi va Malayziya O’zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishga asosiy e’tibor qaratayotganini ta’kidladi. Ikki mamlakat BMT, IHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birlarini o’zaro samarali qo’llab-quvvatlab keladi.

Tadbir qatnashchilari o’zbek xalqini bayram bilan samimiy tabriklagani holda yurtimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini e’tirof etdilar.

Xususan, Linkoln universiteti kolleji prorektori Datuk Bibi Florina Abdulloh quyidagilarini aytib o’tdi:

— Mamlakatingizning bugungi taraqqiyoti kishini hayratda qoldiradi. Prezident Islom Karimov rahnamoligida respublikada ko’p sohalarda ulkan muvafaqqiyatlarga erishildi, jumladan, fan va ta’lim sohasida ham.

O’zbekiston qo’lga kiritilgan natijalar bilan cheklanib qolmasdan o’z yo’lida ishonch bilan davom etayotgani meni lol qoldirdi. Fursatdan foydalanib, o’zbek xalqini qutlug’ bayram - Mustaqillikning 24-yilligi bilan samimiy muborakbod etmoqchiman va yurtingizga tinchlik va farovonlik tilayman.

Maks Sey, Osiyo strategiya va liderlik instituti vitse-prezidenti:

— Qisqa davr mobaynida mamalakatingiz turli jabhalarda sezilarli natijalarga erishdi. Yurtingizga qilgan safarim chog’ida ta’lim sohasida, xususan, akademik litsey, kasb-hunar kolleji va oliy o’quv yurtlari faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo’ldim. O’zbekistonda tinchliksevar yosh barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilayotgan e’tibor yuksak e’tirofga loyiq.

Nor Farida Abdul Rashid, “Bernama” milliy axborot agentligi jurnalisti:

— O’zbekistonga uch marotaba tashrif buyurish sharafiga muyassar bo’ldim. Mamlakatingiz haqida menda juda yorqin va iliq taassurotlar qolgan. O’zbekiston - yuksak salohiyatli navqiron mamlakat va buni ta’kidlash meni behad mamnun etadi.

— Ulug’ ayyom – Mustaqillik bayrami bilan tabriklashga ijozat bergaysiz. Yurtingizga taraqqiyot va farovonlik tilayman.

“Jahon” AA, Kuala-Lumpur