Mamlakatimiz delegatsiyasi ShHT TIVK navbatdagi majlisida ishtirok etdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

22 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda ShHT Bosh kotibi va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori ishtirokidagi yig‘ilishda Bishkek shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlarining bo‘lajak majlisiga tayyorgarlikning borishini muhokama qildi.
Muzokaralarda vazirlar majlis kun tartibidagi masalalar, sammitda imzolanishi kutilayotgan hujjatlar, jumladan a’zo davlatlar rahbarlarining Bishkek deklaratsiyasi loyihalarini ko‘rib chiqdi. Dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Yig‘ilishda, shuningdek, ShHT Kotibiyatning o‘tgan yil faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.
Ushbu kun TIVKda ishtirok etayotgan delegatsiya rahbarlari majlisga raislik qilayotgan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov tomonidan qabul qilindi.
O‘zA