Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING MAYOG‘I

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING MAYOG‘I

Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlab “Milliy g‘oya – bizning g‘oya” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari A.Mavrulov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari S.Sayyid va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlol yillarida xalqimizning ma’naviy olami boyib, tafakkuri charxlanganini ta’kidladi.

Istiqlol farzandlari fikriy qolip va tazyiqlardan xoli ulg‘aymoqda. Ular boy ma’naviy qadriyatlarimiz, umumbashariy mezonlar asosida tarbiyalanayotir. 2001-yildan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani joriy etildi va u ta’limning barcha tizimlarida alohida fan sifatida o‘qitilmoqda.

Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish g‘oyasi mamlakatimiz taraqqiyotining mayog‘i bo‘lib xizmat qilmoqda. Odamlarimiz ongu qalbida mamlakatimizning bugungi hayoti, o‘tmishi, kelajagi, butun taqdiri uchun qayg‘urish, Vatan qismatini o‘z qismati deb bilish kabi ezgu tamoyillar qaror topayotir.

Bunday beqiyos ishlarda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining ham munosib hissasi bor.

Davlatimiz rahbarining 2006-yil 25-avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘ibоti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Markaz tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birga tashkil etayotgan targ‘ibоt tadbirlarida Vatan, istiqlol, tarixiy xotira, milliy g‘urur, komil inson kabi ulug‘vor tushunchalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar yosh avlod qalbi va ongiga ta’sirchan usullar orqali singdirilmoqda.

Vatanimiz mustaqilligining 25-yillik ayyomi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Yoshlar bilan ish olib boradigan mas’ul xodimlar, milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibоtchilari, ota-onalar uchun yurtimizda istiqlol yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar mazmun-mohiyatiga qaratilgan “Maslahatchi minbari”, “Ma’naviyat targ‘ibоtchisining yordamchi kitobi”, “Sog‘lom bola – buyuk kelajak poydevori” nomli risolalar, “Milliy g‘oyaning innovatsion targ‘ibоt texnologiyalari va yoshlarni axborot-psixologik xurujlardan himoya qilishning zamonaviy usullari”, “Mediata’lim va mediamadaniyat: nazariya va amaliyot” monografiyalari, “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” uslubiy qo‘llanmasi tayyorlandi.

“Ma’naviyat targ‘ibоtchisiga yordam” rukni ostida xuddi shu maqsadga yo‘naltirilgan “Milliy istiqlol g‘oyasi: Vatan ravnaqi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi: yurt tinchligi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi: xalq farovonligi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi: komil inson”, “Milliy istiqlol g‘oyasi: ijtimoiy hamkorlik”, “Milliy istiqlol g‘oyasi: millatlararo totuvlik”, “Milliy istiqlol g‘oyasi: dinlararo bag‘rikenglik” turkum risolalari chop etildi.

Mustaqilligimizning 25-yilligiga 25 nomdagi, jumladan, “Ogohlik: tarix va zamon saboqlari”, “Kim edigu kim bo‘ldik?!”, “Ayol baxti – jamiyat baxti”, “O‘zbekistonda vijdon erkinligi tantanasi”, “Yuksak ma’naviyatli yoshlar”, “O‘zbekiston va jahon”, “O‘zbekiston – umumiy uyimiz”, “Chorak asr natijalari” kabi turkum bukletlar tayyorlandi. Targ‘ibоtchilarga “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” uslubiy qo‘llanmasi tarqatildi.

Anjumanda “Milliy g‘oya va mafkura targ‘ibоtining nazariy va amaliy masalalari”, “Diniy qadriyatlar tizimida mafkura masalasi”, “Ommaviy axborot vositalarida milliy g‘oya targ‘ibоti”, “Hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti va milliy g‘oya targ‘ibоti”, “O‘zbek milliy mentalitetining shakllanishida milliy g‘oya va mafkura masalasi” va “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish – davr talabi” kabi mavzularda ma’ruzalar o‘qildi.

Sho‘balarda o‘tkazilgan majlislarda kelajak avlodning yuksak ma’naviyatli va har jihatdan barkamol bo‘lib yetishishiga xizmat qiladigan ilmiy-amaliy vositalar xususida atroflicha fikr almashildi.

O’zA