Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Mamlakatimizda yilning eng yaxshi fan o’qituvchilari aniqlandi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Mamlakatimizda yilning eng yaxshi fan o'qituvchilari aniqlandi

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik-tanlovi o’tkazildi. An’anaviy o’tkazib kelinayotgan mazkur tanlovning g’oliblari aniqlandi, deya xabar beradi Uzbekistan Today agentligi.

Bugungi kunda umumta’lim maktablarining o’quv dasturlariga 24 ta fan kiritilgan. Joriy yilda “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik- tanlovi 11 ta umumta’lim fanlari bo’yicha o’tkazildi. Qolgan fanlar bo’yicha esa o’qituvchilar kelgusi yilda o’z mahoratlarini sinovdan o’tkazadilar.

Shunday qilib, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida faoliyat yurutuvchi pedagog Aziza Imomxo’jayeva boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari orasida eng yaxshisi deb topildi.

Shuningdek, xorijiy tillar bo’yicha eng yaxshi mutaxassis aniqlandi. Jizzax viloyati Zafarobod tumani 8-sonli umumta’lim maktabi vakilasi Dildora Rasulova eng yaxshi fransuz tili o’qutuvchisi deb e’tirof etildi. Xorazm viloyati Bog’ot tumani 2-sonli umumta’lim maktabidan Feruza Mavlnova esa eng yaxshi nemis tili o’qituvchisi deb topildi.

Navoiy viloyatida ikkita eng yaxshi yil o’qituvchilari faoliyat yuritadi. Birinchisi Navoiy shahridagi 11-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabidan fizika fani mutaxassisi Feruz Xakimov bo’lsa, ikkinchisi huddi shu o’quv dargohidan tarixshunos Sardor Norbo’tayevdir.

Ushbu tanlovda Olmaliq shahri 14-sonli umumta’lim maktabidan Xaydarova Nargiza “Milliy istiqlol g’oyasi” fani bo’yicha eng yaxshi o’qituvchi deb topildi. Shu shahardagi 20 -sonli umumta’lim maktabidan Marg’uba Tursunova esa eng yaxshi kimyo fani o’qituvchisi bo’ldi.

Bu yilgi tanlovda Farg’ona viloyatidan uchta g’olib aniqlandi. 40-sonli umumta’lim maktabida eng yaxshi matematika mutaxassisi Igor Yan hamda rus tili va adabiyoti fani bo’yicha o’qituvchi Yevgeniy Kim faoliyat yuritadilar. Eng yaxshi rus tili murabbiyi Munira Qurbonova esa 5-sonli umumta’lim maktabida dars beradi.

Shuningdek, Toshkent shahrida eng yaxshi informatika fani bo’yicha mutaxassis aniqlandi. Tanlov g’olibi Nadejda Sultonova Yakkasaroy tumani 160-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida faoliyat yuritadi.

“Jahon” AA