Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MAMLAKATIMIZDAGI BARCHA MILLAT VAKILLARI O‘ZBEKISTON FUQAROSI EKANIDAN FAXRLANADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MAMLAKATIMIZDAGI BARCHA MILLAT VAKILLARI O‘ZBEKISTON FUQAROSI EKANIDAN FAXRLANADI

Konstitutsiyamizda O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishi mustahkamlangan.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning mazkur tamoyilga asoslangan siyosati O‘zbekistonda tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikning bosh omili bo‘ldi.

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan «O‘zbekiston – umumiy uyimiz» mavzuida o‘tkazilgan so‘rov ham buni yaqqol tasdiqladi. Unda ishtirok etgan turli millat vakillari jamiyatimizdagi tinchlik va barqarorlik, millatlar va fuqarolararo hamjihatlik mustaqilligimizning eng katta boyligi va yutug‘i ekanini ta’kidladi.

Barcha insonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga qaratilgan davlat ijtimoiy siyosati, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sohalardagi barqarorlik, shuningdek, o‘zbek xalqining bag‘rikengligi, yuksak axloqiy fazilatlari, xayrixohligi jamiyatimizdagi millatlar va fuqarolararo totuvlik asosini tashkil etadi.

So‘rov ishtirokchilarining aksariyati (89,5 foizi) O‘zbekiston fuqarosi ekanidan faxrlanadi va uni o‘z Vatani deb biladi. Bu aholida vatanparvarlik tuyg‘usi yildan-yilga kuchayib borayotganidan dalolat beradi. Barcha yosh va millat vakillarining O‘zbekiston fuqarosi ekanidan mamnunligi diqqatga sazovordir.

Ijtimoiy tadqiqotda yurtdoshlarimiz (98,5 foizi) millati va dinidan qat’i nazar, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan huquq va erkinliklariga rioya etilayotganini tasdiqlagan. So‘rov ishtirokchilari O‘zbekistonda millatlararo kelishmovchilik yo‘qligini, fuqarolar huquqlari kamsitilmayotganini ta’kidlagan.

So‘rov natijasiga ko‘ra, aholi mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy holatni barqaror, deb hisoblaydi, jamiyatimizdagi tinchlik va fuqarolar totuvligini qo‘llab-quvvatlaydi.

Mamlakatimiz aholisining migratsion kayfiyati ham O‘zbekistonda barqaror ijtimoiy-siyosiy barqarorlik hukm surayotganini tasdiqlaydi. Fuqarolar (99,1 foizi) doimiy yashash uchun O‘zbekistondan boshqa davlatlarga ketishni istamaydi va «dunyoda O‘zbekistondan yaxshi mamlakat yo‘q», deb hisoblaydi.

Yurtimizda tinchlik, barqarorlik, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, aholi hayot darajasi va sifatini oshirish, xalqimiz an’ana va urf-odatlarini asrab-avaylash, tarixiy merosimizni qayta tiklash, jamiyatni ma’naviy-axloqiy rivojlantirish, xalqaro terrorizmga chek qo‘yish bugungi kunda taraqqiyotimizning muhim masalasi hisoblanadi.

So‘rov natijalari dalolat berishicha, mamlakatimiz aholisi kelajakda ham millatlararo munosabatlar barqarorligi saqlanib qolishiga ishonadi. Negaki, O‘zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning tinchlikparvar siyosatini davom ettirmoqda, mamlakatimizda tinchlik va xotirjamlikni ta’minlash, millatlararo totuvlik va birdamlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

«Ijtimoiy fikr»
markazi materiallari asosida

O’zA