Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MAMLAKATIMIZDAGI BARCHA O‘QUV MUASSASALARIDA “DIQQAT, BOLALAR!” TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MAMLAKATIMIZDAGI BARCHA O‘QUV MUASSASALARIDA “DIQQAT, BOLALAR!” TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA

Mamlakatimizdagi barcha o‘quv muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan o‘quv yilining birinchi o‘n kunligida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Diqqat, bolalar!” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Har yil an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlarida o‘quvchi-yoshlarga yo‘l harakati qoidalari, haydovchi va piyodalarning majburiyatlari, xavfsizlik shartlari batafsil tushuntirilmoqda. Yo‘l-transport hodisalarining oqibatlari va ularning oldini olishga doir ma’lumotlar berib borilmoqda.

Profilaktika tadbirlari davomida har bir o‘quv muassasasiga yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari biriktirilib, piyodalarga, ayniqsa, bolalarga yo‘l harakati qoidalarini bilishi zarurligi uqtirilmoqda.

– Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan “Diqqat, bolalar!” singari tadbirlar o‘z natijasini bermoqda, – deydi Toshkent shahar IIB bosh boshqarmasi ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish bo‘linmasi boshlig‘i To‘lagan Abdullayev. – Olib borilgan targ‘ibоt tadbirlari samarasida joriy yilning o‘tgan sakkiz oyi mobaynida bolalar bilan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari 24 foizga kamaydi.

Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 162-umumta’lim maktabida bo‘lgan tadbirda ham soha xodimlari tomonidan o‘quvchi-yoshlarga ko‘rgazmali qurollar asosida yo‘l harakati qoidalari, piyodalarning majburiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

– Maktabga har kuni jamoat transportida qatnayman, – deydi 8-sinf o‘quvchisi Samariddin Doniyorov. – Har birimiz yo‘l qoidalarini bilishimiz, piyodalar qanday harakatlanishi kerakligi, yo‘llarni kesib o‘tish qoidalarini mukammal o‘rganishimiz zarur. Bugungi tadbirda bu borada yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ldim.

O’zA