Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Manlio di Stefano: “Oʻzbekiston bilan barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdormiz”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Manlio di Stefano: “Oʻzbekiston bilan barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdormiz”

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Italiya tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri oʻrinbosari Manlio di Stefano Oʻzbekiston bilan Italiya oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlari va istiqbollari haqida OʻzA muxbiriga quyidagilarni soʻzlab berdi:

Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyat ravnaqi uchun juda qulay imkoniyatdir.

Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari katta. Mamlakatlarimiz iqtisodiyoti bir-birini toʻldiradi. Bu turli tarmoqlarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda muhim omil boʻladi.

Ayni paytda qator sohalarda qoʻshma bitimlarni amalga oshirish ustida ishlamoqdamiz. Biz taklif etayotgan loyihalar Oʻzbekistonda ishlab chiqarish korxonalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, sayyohlik, madaniy yodgorliklarni asrab-avaylash kabi yoʻnalishlarni qamrab oladi. Biz nafaqat metallurgiya, qishloq xoʻjaligi kabi iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida, balki aynan turizm sohasining turli yoʻnalishlarida qoʻshma dasturlarni amalga oshirish orqali yurtingizda iqtisodiy oʻsish surʼatiga erishishga oʻz hissamizni qoʻshish istagidamiz.

Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik darajasida gapiradigan boʻlsam, ayni paytda Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan yangi strategiya ustida ish olib borilayapti. Shubhasiz, Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim davlatlardan. Shu maʼnoda, mamlakatingiz bilan barcha sohalarda oʻzaro foydali hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan manfaatdormiz. Bunda hukumatlararo ishchi guruh faoliyati muhim oʻrin tutadi.

www.uza.uz