Maqom bizga begona emas
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Shahrisabz “yashil shahar” mazmunini anglatadi. Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”da “...Bahorlar sahrosi va shahri va bomi va tomi xoʻb sabz boʻlur uchun Shahrisabz ham derlar”, deb yozgan. Shahrisabz dunyoga Sohibqironda Amir Temur vatani hamda uning hukmronligida ilm-fan va madaniyat markaziga aylangani bilan mashhur. 2000 yilda Shahrisabz shahridagi Temur va temuriylar davridan saqlanib qolgan meʼmoriy yodgorliklar YUNЕSKOning xalqaro madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan.
Xalqaro maqom sanʼati anjumani doirasida uchrashuvlar, konsertlar, davra suhbatlari, taqdimotlar, maqom sanʼati ijrochilarining tanlovi va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilmoqda. Xalqaro tanlovda maqom ijrochiligi boʻyicha faoliyat olib borayotgan taniqli hofizlar, sanʼatkorlar oʻzaro bahslashmoqda.
OʻzA muxbiri ularning ayrimlari bilan suhbatlashdi.
Rubin Tenenbom (Belgiya), “Lamekan” ansambli sozandasi:
– Avvalo mana shunday ajoyib festivalni tashkil etgani uchun mamlakatingiz rahbariyatiga minnatdorlik bildiramiz. Buyuk jahongir Amir Temur va u dunyoga kelgan Shahrisabz haqida koʻp eshitganman. Sababi sanʼatdagi yoʻnalishimiz Sharq xalqlari milliy musiqalariga hamohang. Bugun jamoamiz bilan turk usulida aytiladigan qoʻshigʻimizni ijro etdik. Qoʻshiq musiqasi terma boʻlib, turli davrlarda ijro etilgan kuylardan olingan. Oʻylaymanki, bizning ijroimiz muxlislarga maʼqul keladi.
Osif Alixon (Pokiston), “Qavvali” guruhi solisti:
– Pokistonning kavvali yoʻnalishi ijrosini havola qildik. Kavvali – Janubiy Osiyoda keng tarqalgan soʻfiylarning qadimiy musiqasi hisoblanadi. Bu yoʻnalishdagi qoʻshiqlar “tuxarminum” va “tabla” deb ataluvchi musiqa asboblari bilan ijro etiladi. Bu yoʻnalishdagi qoʻshiqlarimiz bilan koʻplab festivallarda ishtirok etganmiz va faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritganmiz. Xususan, Belgiyada 2012 yili oʻtkazilgan musiqa festivalida gʻolib boʻlganmiz. Yurtingizda oʻtayotgan anjumanda ham munosib ishtirok etamiz, degan umiddamiz. Bunday keng miqyosli anjuman xalqlarimizning madaniy hamkorligini yanada mustahkamlaydi.
Marina Tichchir (Isroil), “The Jaffa maqam quartet” guruhi aʼzosi:
– Xalqaro anjuman ilk marotaba tashkil etilganiga qaramay, hamma jihatlarga eʼtibor qaratilgan. Ayniqsa, milliy anʼanalarni aks ettirib turgan kompozitsiyalar bizda katta taassurot qoldirdi. Aslida oʻzbek maqomlari bizga notanish emas. Boisi Isroilda buxorolik, samarqandlik yahudiylar yashaydi va ular buxorocha, fargʻonacha va tojikcha maqomlarni doim yaxshi koʻrib eshitishadi.
Guruhimiz aʼzosi Dmitriy oʻzbekcha maqomlarni kuylay oladi. Chunki u yoshligidan shunday qoʻshiqlarni tinglab ulgʻaygan. Biz kuylaydigan qoʻshiqlar Gʻarbda va Sharqda yashovchi yahudiylar musiqalari asosida tashkil topgan. Shu boisi konsert dasturiga taqdim etgan loyihamiz yangi. Unda Gʻarb va Sharq uslublarini uygʻunlashtirdik. Oʻylaymizki, festivaldagi chiqishlarimiz xalqqa manzur boʻladi.