Maqsad - mahsulotlar narxini arzonlashtirish
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Davlatimiz rahbari Quva tumaniga tashrifi chog‘ida Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish loyihalari bilan tanishdi.
Parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik, tuyachilik, kartoshkachilik, limonchilik tarmoqlarini rivojlantirish, agrologistika markazi tashkil etish, yer o‘lchash, suvdan unumli foydalanish va boshqa loyihalar bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
Bu tarmoqlar xalqimizning rizqi manbai. Maqsadimiz - mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish hisobidan oziq-ovqat tovarlari narxini arzonlashtirish. Odamlar hozirgidek daromadi bilan ham to‘q, farovon yashashga imkoni bo‘lsin, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentimiz tadbirkor va mutaxassislar bilan suhbatlashdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish, ularni saqlash, qadoqlash va iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha topshiriqlar berildi.