Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MAQSADLI SARMOYA – IQTISODIYOT TAYANCHI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MAQSADLI SARMOYA – IQTISODIYOT TAYANCHI

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini tatbiq etish hamda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish maqsadida strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida 2003-2015-yillarda xorijiy investitsiyalar va beg‘araz texnik ko‘maklar jalb etilgan holda 36 investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Natijada ko‘plab gidrotexnik inshoot va sug‘orish tarmoqlari qurilib, kollektor va drenajlar ta’mirlandi, zamonaviy texnikalar xarid qilindi. 632,2 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilanib, 450,2 ming gektarda suv ta’minoti kafolatlandi. Misol uchun, 2005-2015-yillarda birgina Buxoro viloyatida 57,55 million dollarga teng loyiha amalga oshirildi.

Joriy yilda 18 loyiha doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ularning eng yiriklaridan biri – Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. Faza-1” loyihasidir. Bunda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil 19-yanvardagi Jahon banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 1-bosqich” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori dasturilamal bo‘layotir.

– Mazkur loyiha Farg‘ona viloyatidagi Rishton, Bag‘dod, Oltiariq tumanlari va Rishton shahridagi yer osti sizot suvlarini pasaytirishga xizmat qiladi, – deydi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga qarashli Jahon banki loyihalarini amalga oshirish guruhi rahbari o‘rinbosari Bahodir Yusupov. – Loyiha mazkur hududlardagi qishloq xo‘jalik ekinlarini suv bilan kafolatli va samarali ta’minlash, fermer xo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sohaga zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgacha 48 ming gektar maydonning meliorativ holati yaxshilanib, suv bilan kafolatli ta’minlanmoqda.

Loyiha doirasida zovur tarmoqlarini ta’mirlash, zax qochirish quduqlarini qayta tiklash, kesuvchi zovur tarmoqlari va yopiq yotiq zovur tarmoqlarini qurish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Natijada hududlarda hosildorlik 10-12 sentnerga ko‘tarildi. Yer osti bosim suvlari ta’sirida bo‘lgan Oq yer, To‘da, Fayziobod, Sertut, Do‘rmancha, Kenagas, Qorovultepa qishloqlari, Rishton shahridagi Anhor bo‘yi, Dahbet, Farovonlik, Kulolon, Toshog‘oliq mahallalaridagi yerlarning meliorativ holati yaxshilandi.

Kollektor drenaj tarmoqlarini tiklash, ta’mirlash, suv yo‘lini kesuvchi zovurlar qurish yumushlari 600 dan ziyod fermer xo‘jaligi yerlarida amalga oshirildi. 6 ming gektar sug‘oriladigan yerlarda zax qochirilgani bois, bu yerlarni 60-70 santimetr chuqurlikda plug osti qatlami bemalol yumshatilmoqda. Paxta, boshoqli don va boshqa ekinlardan olinadigan hosildorlik keskin oshib, yerlarning strukturasi yaxshilandi.

Rishton shahridagi “Obodonlashtirish” korxonasining nasos stansiyalari energetika va aloqa boshqarmasiga qarashli 242 dona tik quduq qayta ta’mirlandi. Natijada yer osti zax sizot suvlarini bir maromda saqlash hamda tik quduqlarning foydali ish koeffitsientini oshirishga erishildi. Rishton shahridagi markaziy kasalxona, Nosgar mahallasi hududidagi antisanitariya holatidagi ochiq zovurlarni yopiq zovurlar shaklida qurilishi ekologik muhitni yaxshilashda qo‘l kelmoqda. Hududda kesimlar bo‘yicha monitoring olib borish, yer ostidan oqib kelayotgan bosim suvlar harakatini va joylashishini o‘rganish uchun o‘ttizdan ziyod pezometrlar qurilib, ishga tushirildi.

Suv taqchil bo‘lgan hududlarda faoliyat yuritayotgan o‘ttizdan ziyod bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga tomchilab sug‘orish moslamalari o‘rnatildi.

– Bir necha yildan buyon olma, shaftoli, o‘rik yetishtiramiz, – deydi Bag‘dod tumanidagi “Isoqjon mirob bog‘i” fermer xo‘jaligi rahbari Isoqjon Umriddinov. – O‘tgan yili qariyb olti gektarda o‘rnatilgan tomchilatib sug‘orish tizimi suvdan unumli foydalanish va sarxil meva yetishtirishda qo‘l keldi. Suv orqali o‘g‘itni bir tekisda taqsimlash vaqtni tejashga ham xizmat qilayotir.

Hozir loyiha doirasida 38,8 kilometr xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlari va ulardagi suv inshootlarini qayta tiklash ishlari yakunlanish arafasida. Bugungi kunga qadar “Matqulobod”, “Fayziobod”, “Kenagas”, “Ahmad-Kanda”, “Oq yer”, “To‘qqiz ot”, “Ittifoq” kanallarida qurilish ishlari yakunlanib, fermer xo‘jaliklariga suvlar taqsimlab berilmoqda. Yana 20 dan ortiq suv iste’molchilari uyushmalaridagi kanallarda qurilish davom ettirilmoqda. Sirdaryo – So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli “BX”, “So‘x irmog‘i”, “X-1”, “Rishton-1” kanallari shular sirasidandir.

Ushbu tadbirlarni kelgusida ham davom ettirish maqsadida “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. Faza-2” loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan loyiha doirasida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yerlarning suv ta’minoti yaxshilanadi.

O’zA