Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MARD VA JASUR O’G’LONLAR OSUDA HAYOTIMIZ QALQONLARIDIR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MARD VA JASUR O'G'LONLAR OSUDA HAYOTIMIZ QALQONLARIDIR

Mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlashda harbiy xizmatchilarning nazariy va amaliy mashg’ulotlarni chuqur o’zlashtirishi bilan birga, jismoniy jihatdan puxta tayyorgarlikka ega bo’lishi ham muhim omillardan sanaladi. Bu borada Qurolli Kuchlarimizda barcha imkoniyat yaratilgan.

Xususan, harbiy qism va bo’linmalarda, ta’lim muassasalarida zamonaviy trenajyor zallari, sport shaharchalari hamda majmualari bunyod etilgan. Qolaversa, an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan Umumarmiya o’yinlari, okrug hamda garnizonlarda tashkil qilinayotgan turli sport musobaqalari harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini yuksaltirish, yanada kuch-quvvatga to’lishida alohida ahamiyat kasb etayotir. Fikrimizni harbiy sport rivojiga munosib hissa qo’shib kelayotgan Toshkent oliy umumqo’shin qo’mondonlik bilim yurti faoliyati misolida davom ettiramiz.

Mazkur oliy harbiy ta’lim muassasasining sport majmuasi uch qavatli bo’lib, unda minifutbol, voleybol, basketbol, tennis, badminton hamda gandbol o’yinlarini o’tkazish uchun universal sport zali, jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarini olib borishga mo’ljallangan xonalar mavjud. Shu bilan birga, milliy kurash, boks, Sharq yakkakurashlari hamda tosh ko’tarish bo’yicha nufuzli musobaqalarni tashkil etishga ham sharoitlar yetarli. Ta’lim maskanidagi sog’lomlashtirish majmui, suzish havzasi, stadion hamda jismoniy tayyorgarlik uchun mo’ljallangan boshqa inshootlardan o’quv jarayonida unumli foydalanilayapti.

— Kursantlar bilan jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarini maxsus o’quv qo’llanmasi asosida olib boramiz, — deydi podpolkovnik Bobur Karimov. — Bunda ular organizmining psixofiziologik xususiyatlari va jismoniy chiniqqanlik darajasi alohida e’tiborga olinadi. Yurtimizda yoshlarning sport bilan muntazam shug’ullanishi uchun yaratilgan beqiyos imkoniyatlar, qulayliklar tufayli so’nggi yillarda kursantlarimiz safiga ancha baquvvat yigitlar kelib qo’shilmoqda. Ular orasida shunday iqtidor egalari ham borki, tez fursatda mamlakat va jahon miqyosidagi nufuzli sport musobaqalarida munosib ishtirok etish uchun tayyor bo’lishadi.

Ta’kidlash kerak, tahsil mobaynida har bir kursant uchun rejadagi o’quv mashg’ulotlaridan tashqari, o’quv seksiyalari, klublarda qo’shimcha bilimlar olishga ham sharoitlar bor. Bo’lajak ofitserlarning jismoniy salohiyatini oshirishda ta’lim muassasasining jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi ofitser hamda yo’riqchilari ko’magida faoliyat yuritayotgan regbi, voleybol, basketbol, sambo, erkin kurash, boks, tosh ko’tarish, kombat aykido, qo’l jangi, jiu-jitsu, shaxmat, shashka kabi seksiyalarning o’rni salmoqlidir. Zero, ruhan tetik va barkamol harbiy xizmatchi har qanday vaziyat hamda sharoitda o’zini yo’qotmasdan harakatlanish, to’g’ri qaror qabul qilish ko’nikmasiga ega bo’ladi.

Toshkent oliy umumqo’shin qo’mondonlik bilim yurti vakillari sport bellashuvlarida yuqori natijalarni egallab, e’tirofga sazovor bo’lib kelishmoqda. Misol uchun, 2014 yili regbi bo’yicha birinchi marta O’zbekiston chempionatida ishtirok etgan Mudofaa vazirligining o’nta jamoasidan ikkitasi final yo’llanmasini qo’lga kiritgan edi. Shiddatli va murosasiz kechgan hal qiluvchi bahs yakunida mazkur oliy harbiy ta’lim muassasasining “Barkamol” jamoasi chempionlikka erishgandi. O’sha yilning o’zida bilim yurti harbiy xizmatchilari respublika miqyosida kombat aykido, universal jang, jiu-jitsu bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Bundan tashqari, Qurolli Kuchlar miqyosida qo’l jangi va Mudofaa vazirligi qo’shinlari o’rtasida boks bo’yicha uyushtirilgan birinchilikda ham muvaffaqiyat qozonishdi.

2015-yilda ham sportda diqqatga sazovor natijalar qayd etildi. Xususan, avgust oyida poytaxtimiz mezbonlik qilgan universal jang bo’yicha Osiyo chempionatida Mudofaa vazirligining o’n yetti nafar harbiy sportchisi munosib qatnashdi. Ulardan uchtasi oltin, ikkitasi kumush va to’rttasi bronza medal bilan taqdirlandi. Ushbu nufuzli musobaqada Toshkent oliy umumqo’shin qo’mondonlik bilim yurtining birinchi bosqich kursanti Bekzod Nurmatov 90 kg. vazn toifasida ishtirok etib, barcha raqibidan ustun keldi va qit’a chempioni bo’ldi. O’z navbatida, o’sha yilning kuz oylarida Germaniyaning Shtaynfurt shahrida qo’l jangi bo’yicha o’tkazilgan jahon chempionatidan Bekzod yurtimizga kumush medal bilan qaytdi.

2016-yilda oliy harbiy ta’lim muassasasi harbiy sport jabhasida yangi marralarni egalladi. Jumladan, Mudofaa vazirligi qo’shinlarida sportning harbiy-amaliy va olimpiya turlari bo’yicha o’tkazilgan VI Umumarmiya o’yinlari bilim yurtining jismoniy salohiyatini yana bir bor yaqqol ko’rsatdi. Masalan, harbiy ko’p kurash musobaqasida bilim yurti jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi katta o’qituvchisi, podpolkovnik Faxriddin Husanov to’siqli yo’lakchani 1,45 daqiqada, 100 metr masofani 12,05 soniyada va 3000 metr masofani 11,08 daqiqada bosib o’tdi hamda turnikda 36 marta tortilib, o’z yoshi toifasidagilar ichida ikkinchi natijani qayd etdi. Harbiy ko’p kurash musobaqasida birinchi yosh toi-fasida ko’rsatilgan eng yuqori ko’rsatkich ham ushbu bilim yurti vakili, ikkinchi bosqich kursanti Suhrob Javli o’g’liga tegishli. U turnikda 40 marta tortilib, to’siqli yo’lakchadan 1,50 daqiqa, 100 metr masofani 12,6 soniya va 3 kilometr masofani 11,20 daqiqada yugurib o’tdi. VI Umumarmiya o’yinlarining yakunlari bo’yicha Toshkent oliy umumqo’shin qo’mondonlik bilim yurti harbiy xizmatchilari musobaqa dasturidan o’rin olgan pichoq bilan jang qilish va regbi bahslarida birinchi, badminton, boks, ofitserlar uchkurashi va harbiy ko’p kurashda ikkinchi hamda tosh ko’tarishda uchinchi o’rinni egallab, umumiy natijaga ko’ra, birinchi o’ringa sazovor bo’ldi.

Qo’lga kiritilayotgan bunday yorqin natijalar ortida mashaqqatli mehnat, jonkuyar, mahoratli ustoz-murabbiylarning fidoyi xizmatlari turgani barchaga ma’lum. Mamlakatimizda harbiy sportning rivojlanishi, bo’lajak ofitserlarning jismoniy barkamolligini ta’minlash, harbiy xizmatchilar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, sportni yanada ommaviylashtirishda Toshkent oliy umumqo’shin qo’mondonlik bilim yurti bundan keyin ham faollik ko’rsatishiga ishonchimiz komil.

"Jahon" AA