Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MARG‘ILONDA «ATLAS BAYRAMI»

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MARG‘ILONDA «ATLAS BAYRAMI»

Shu yilning 6-10-sentabr kunlari Marg‘ilonda ikkinchi «Atlas bayrami» festivali bo‘lib o‘tadi. YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu haqda so‘z yuritildi.

Tadbir YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi, «Hunarmand» uyushmasi, YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi, «DVV International» filiali va O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi tomonidan tashkil etilmoqda.

YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat, «Hunarmand» uyushmasi raisining o‘rinbosari Lutfiya Mirzayeva, «Ucell» kompaniyasining korporativ kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Rodika Verbenyuk va boshqalar milliy hunarmandlik o‘zbek xalqi madaniyatida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Davlatimiz tomonidan hunarmandlarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani samarasida O‘zbekistonning har bir hududiga xos bo‘lgan an’analar saqlanmoqda. Prezidentimizning 2010-yil 30-martdagi “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

«Atlas bayrami» festivali milliy hunarmandlikni rivojlantirish va targ‘ib qilish, hunarmandlar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, turizmni rivojlantirish, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga xizmat qilayotir.

Joriy yilda festival dasturi sezilarli ravishda kengaytirildi. Unda mamlakatimizning barcha hududidan ishtirok etadigan hunarmandlar o‘z mahoratini namoyish etadi. Yosh hunarmandlar uchun taniqli ustalar ishtirokida an’anaviy kashtado‘zlik, tabiiy bo‘yash, liboslar dizayni bo‘yicha mahorat saboqlari tashkil etiladi.

Shuningdek, «O‘zbekiston to‘qimachiligi va barqaror rivojlanish» mavzusida davra suhbati, «Marg‘ilon osmoni ostida» va «Jahon to‘qimachiligi: G‘arb va Sharq» ko‘rgazmalari tashkil etiladi. Festival doirasida «Hunarmandlar shaharchasi» deb nomlangan amaliy san’at buyumlari yarmarkasi, O‘zbekiston modelyerlari shou-defilesi, konsertlar, kurash musobaqasi, dorbozlar tomoshasi, «Devzira» osh tanlovi ham o‘tkaziladi.

O’zA