Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MARKAZIY KO’CHAGA BUYUK TURKMAN SHOIRI VA MUTAFAKKIRI MAXTUMQULI NOMI BERILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MARKAZIY KO'CHAGA BUYUK TURKMAN SHOIRI VA MUTAFAKKIRI MAXTUMQULI NOMI BERILDI

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan Mirzo Ulug’bek va Yashnobod tumani hududida joylashgan Taraqqiyot ko’chasi o’rniga buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli nomi berildi.

Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri, turkman adabiyoti, madaniyati rivojiga ulkan hissa qo’shgan Maxtumquli (1733-1793) Xiva, Buxoro va Andijon madrasalarida tahsil olib, o’zbek adabiyotining o’tmish namoyandalari asarlari bilan yaqindan tanishgan.

Maxtumquli o’zbek adabiyoti, madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishib, bir qancha liroepik dostonlar, juda ko’p g’azallar yaratgan. Maxtumquli ijodining turkman adabiyoti tarixidagi o’rni, uning o’zbek-turkman adabiy aloqalar sohasidagi ahamiyati taniqli o’zbek va turkman olimlarining ilmiy ishlarida keng yoritilgan.

Maxtumquli o’z she’rlarining birida o’zbek xalqining mutafakkir shoiri Alisher Navoiyni ustoz sifatida hurmat qilishini bildirgan. Maxtumquli Navoiyning lirika sohasidagi asarlaridan ta’sirlanib, ustozning g’azal va muxammaslari uslubida manzur asarlar yaratdi.

www.tashkent.uz