Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining Qo‘shma bayonoti

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining Qo‘shma bayonoti

2018-yilning 20-22-iyul kunlari Cho‘lpon ota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Q.Abdraxmanov, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri E.Abdildayev, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri S.Muhriddin, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Kamilov va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari B.Myatiyev ishtirok etdi.

Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlari:

2018-yil 15-martda Markaziy Osiyo Davlat rahbarlarining Ostona shahridagi ishchi (maslahatlashuv) uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida, Qirg‘iziston tomoni tashabbusiga ko‘ra do‘stona ruhda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollarini, xavfsizlikni ta’minlash, chegara, transport va tranzit aloqalari, suv-energetika manbalaridan foydalanish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlarining xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligi masalalarini muhokama qildilar.

Markaziy Osiyo Davlat rahbarlarining 2019-yil mart oyida mintaqaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish maqsadida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi maslahatlashuv uchrashuvining muhimligini e’tirof etdilar.

Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi davlat chegarasini xalqaro huquqiy rasmiylashtirish jarayonidagi hamda mintaqadagi hududlararo va chegaraoldi hamkorligining faollashishidagi ijobiy dinamikani qo‘llab-quvvatladilar.

Xalqaro terrorizm va ekstremizm, narkotiklarning noqonuniy aylanishi, uyushgan transmilliy jinoyatlar hamda mintaqaviy xavfsizlikning tahdidlariga qarchi kurashish bo‘yicha hamkorlikni, jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning zarurligini ta’kidladilar.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘zaro savdoni ko‘paytirish uchun qulay sharoitlar yaratishning zarurligini qayd etdilar.

Mintaqa ichidagi investitsion hamkorlikni olg‘a surish Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi ishbilarmonlik muhiti faolligining muhim omili degan fikrni bildirdilar.

Mintaqaning tranzit imkoniyatlarini kengaytirish mintaqa davlatlarining iqtisodiy hamkorligi mustahkamlanishiga, transport infratuzilmasining rivojlanishiga va transport kommunikatsiyalari orqali tranzit yuk tashishni yo‘lga qo‘yishga imkon yaratishini tasdiqladilar.

Markaziy Osiyoda suv-energetika manbalaridan kompleks foydalanishni qo‘llab-quvvatladilar hamda mintaqaning barcha mamlakatlari qiziqishlaridan va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda mazkur sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning barqaror uzoq muddatli mexanizmlarini ishlab chiqishning zarurligiga urg‘u berdilar.

Markaziy Osiyo davlatlari xalqlarining madaniyati, tarixi va tillari mustarakligini qayd etdilar hamda ta’lim, madaniyat, san’at, fan, turizm va boshqa sohalardagi davomiy hamkorlik tarafdori ekanligini tasdiqladilar.

2018-yilning 20-22-iyul kunlari Cho‘lpon ota shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi Markaziy Osiyoning beshta mamlakati xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, hamjihatlik va ishonchga asoslangan mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildiridilar.

Mintaqaviy hamkorlikning holatini muhokama qilish va ularning keyingi rivojlanishi istiqbollarini belgilab olish uchun Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasidagi siyosiy muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining keyingi uchrashuvini Tojikiston Respublikasida o‘tkazilishiga rozilik bildirdilar.

www.mfa.uz