Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Markaziy Osiyo: jadal rivojlanayotgan mintaqa va yangi ufqlar

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Markaziy Osiyo: jadal rivojlanayotgan mintaqa va yangi ufqlar

Bugungi kunda Markaziy Osiyo — Yevrosiyoning eng dinamik nuqtalaridan biri bo‘lib, bu yerda davlatlararo aloqalar jadallik bilan kengaymoqda, sanoat zanjirlari shakllanmoqda, logistika tizimi mustahkamlanmoqda hamda uzoq muddatli hamkorlik uchun zamonaviy huquqiy asoslar yaratilmoqda. “Rossiya – Markaziy Osiyo” sammiti arafasida kun tartibini aynan real iqtisodiyot belgilab bermoqda: mintaqa davlatlari infratuzilma, sanoat, energetika va texnologiyalar yo‘nalishlarida umumiy manfaatlarga ega. Kaspiydan Tyan-Shangacha cho‘zilgan transport yo‘laklari esa kelajakdagi Yevroosiyo sanoat xaritasining asosiy karkasiga aylanmoqda.

O‘zbekiston misolida — butun mintaqaning rivojlanish sur’atlari
Markaziy Osiyoning muhim o‘yinchisi sifatidagi O‘zbekiston faoliyati mintaqaning izchil rivojlanishini yaqqol aks ettiradi. Savdo va investitsiyalar hajmi kengaymoqda, muvofiqlashtirilgan standartlar va logistika innovatsiyalari joriy etilmoqda. “Ochiq eshiklar” siyosati barcha qo‘shnilar bilan mustahkam huquqiy-bazaviy asosda yuritilmoqda: Qozog‘iston bilan erkin savdo va investitsiyalarni himoya qilish to‘g‘risidagi bitimlar, Tojikiston bilan 2022-yilda imzolangan “Abadiy do‘stlik deklaratsiyasi”, Turkmaniston bilan transport va temiryo‘l sohasidagi kelishuvlar, Qirg‘iziston bilan 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategik dastur — bularning barchasi mintaqaviy iqtisodiyotga shaffoflik va barqarorlik olib kirdi hamda investorlar ishonchini oshirdi.

O‘zbekiston – Qozog‘iston: bozorlar integratsiyasi
Qozog‘iston bilan “huquq – logistika – biznes” bog‘liqligi to‘liq ishlamoqda: 2025-yil yanvar–avgust oylarida o‘zaro savdo hajmi 3,03 milliard AQSh dollariga (+15%) yetdi. Bu ko‘rsatkich savdo to‘siqlarining bartaraf etilishi va sanoat kooperatsiyasining chuqurlashuvi evaziga qo‘lga kiritildi. Hukumatlararo komissiya va Samarqand forumi doirasida 7 milliard dollardan ortiq loyihalar, shuningdek, 700 million dollarlik savdo bitimlari imzolandi. O‘zbekistonda Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi 1100 dan ortiq korxona, Qozog‘istonda esa 5500 ga yaqin o‘zbek kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bu — “uzluksiz zanjirli” iqtisodiyot modelining amaliy namunasidir.

O‘zbekiston – Tojikiston: savdo va investitsiya ko‘prigi
Transport va tarif siyosati integratsiyani tezlashtirmoqda. 2025-yilda Tojikistonga O‘zbekiston eksporti ikki xonali o‘sish sur’atini ko‘rsatdi, temiryo‘l tranziti 55% gacha preferensiyalar bilan amalga oshirildi, 2024-yilda umumiy yuk tashish hajmi 10 million tonnaga yaqinlashdi. “Dushanbe – Toshkent” yo‘nalishida haftasiga 4 ta parvoz va yo‘lovchi poyezdi yo‘lga qo‘yildi. 100 million dollarlik ustav kapitaliga ega O‘zbekiston–Tojikiston qo‘shma investitsiya kompaniyasi esa qo‘shma ishlab chiqarishlar uchun “ko‘prik” vazifasini bajarmoqda.

O‘zbekiston – Turkmaniston: “Sharq-G‘arb / Shimol-Janub” yo‘laklari
2024-yilda o‘zaro savdo hajmi 1,14 milliard dollardan oshdi, energiya resurslari importi sezilarli o‘sish qayd etdi. “Shovot – Dashoguz” chegaraoldi savdo zonasi shakllanmoqda, umumiy yuk aylanmasi 1,11 million tonnani tashkil etdi. Turkmaniston vagonlarini Andijonda ta’mirlash loyihasi sanoat kooperatsiyasining amaliy namunasi bo‘ldi. O‘zbekistonda turkman kapitali ishtirokidagi 200 ga yaqin korxona — qurilish materiallari, mebel, to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston – Qirg‘iziston: strategik yo‘l xaritasi
2030-yilgacha mo‘ljallangan hamkorlik dasturi biznes uchun “yo‘l xaritasi”ni yaratdi. 2025-yilning yanvar–avgust oylarida o‘zaro savdo hajmi 600 million dollarga yaqinlashdi (+12–13%), O‘zbekiston eksporti oshdi, Qirg‘izistondan import esa qariyb uchdan birga ko‘paydi. Bu mavsumiy tebranishlarni yumshatib, logistika tizimini mustahkamladi. 2025-yil boshida temiryo‘l tashuvlari ikki xonali o‘sishni ko‘rsatdi, O‘zbekiston mahsulotlari eksporti Qirg‘izistonga 80% ga oshdi. Chegaraoldi hududlar kengashi va “Hududlar forumi” formati faol ishlamoqda.

Normativ baza: qoidalar – o‘sish manbai sifatida
Mintaqadagi o‘sish nafaqat savdo raqamlari, balki “o‘yin qoidalari” orqali ta’minlanmoqda. Qozog‘iston bilan MDH doirasidagi Erkin savdo zonasi protokoli milliy amaliyotlarni integratsiya qilmoqda. Tojikiston bilan 2022-yilda qabul qilingan deklaratsiya qo‘shma loyihalarni tez boshlashga yordam bermoqda. Turkmaniston bilan “Shimol–Janub” va “Sharq–G‘arb” yo‘laklari bo‘yicha bitimlar strategik ahamiyatga ega. Qirg‘iziston bilan tuzilgan 200 dan ortiq shartnoma tranzaksiya xarajatlarini kamaytirib, 2030-yilgacha mo‘ljallangan rejalar tor joylarni bartaraf etmoqda.

Xulosa o‘rnida
Bugungi Markaziy Osiyo — bu tayyor loyihalar va o‘sib borayotgan bozorlar sinergiyasi. O‘zbekiston–Qozog‘iston kooperatsiyasi hamda milliardlab dollarlik forum paketlari xorijiy kompaniyalarga qo‘shma klasterlar, komponentlar lokalizatsiyasi va servis sanoatiga kirish imkonini bermoqda. Energetika, sanoat, transport, sertifikatsiya, raqamli logistika va boshqa ko‘plab sohalarda ilg‘or tajriba va kompetensiyalar talab etilmoqda.
Markaziy Osiyo bugun “geografiyadan” — “iqtisodiyot”ga o‘tmoqda: yagona qoidalar, transport yo‘laklari, investitsiyalar oqimi va mintaqalararo hamkorlik formati mintaqani yangi kuch markaziga aylantirmoqda. Rossiya esa sammitga pragmatik kun tartibi bilan kirib kelar ekan, energetika, transport va raqamli xizmatlar sohalarida uzoq muddatli sheriklikni mustahkamlashi mumkin. O‘zbekiston tajribasi esa huquqiy baza, hukumatlararo komissiyalar va tarif siyosati qanday qilib o‘sish multiplikatorini ishga tushirishini yaqqol namoyon etmoqda.