Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon yetakchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon yetakchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan mintaqa mamlakatlari va Ozarbayjon Prezidentlari O‘zbekiston Prezidenti bilan birgalikda Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan markaz islom sivilizatsiyasining bebaho merosini asrab-avaylash va targ‘ib qilishga bag‘ishlangan noyob manbalar, ilmiy tadqiqot va ta’lim yo‘nalishlarini bir joyga jamlagan tariximizdagi ilk majmua bo‘ldi.

Majmua milliy me’moriy an’analar va zamonaviy bezaklar uyg‘unligida barpo etildi. Inshootning to‘rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, o‘rta qismida esa 65 metrli milliy uslubdagi gumbaz qad rostlagan.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston Prezidenti Prezidenti Emomali Rahmon, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Prezident Shavkat Mirziyoyev hamrohligida musulmon olamining bebaho ma’naviy durdonasi sanalgan Usmon Mushafi saqlanayotgan Qur’oni karim zaliga tashrif buyurdilar. Qur’onning eng qadimiy qo‘lyozmalaridan biri bo‘lgan ushbu nodir manba ulkan tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lib, mintaqamiz xalqlarining sivilizatsiyaviy o‘ziga xosligini shakllantirgan chambarchas ma’naviy rishtalarimizni ifoda etadi.

Yetakchilar, shuningdek, “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinchi Renessans”, “Ikkinchi Renessans” hamda “Yangi O‘zbekiston – yangi Renessans” bo‘limlari bilan tanishdilar.

Ularda buyuk allomalarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Bahouddin Naqshband va boshqa ulug‘ ulamolarning boy ilmiy va ma’naviy merosi keng yoritilgan. Ko‘rgazmada somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, temuriylar va boshqa sulolalar davriga oid qo‘lyozma nashrlar va ularning qadimgi o‘zbek tiliga tarjimalari ham mavjud.

Yetakchilar mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy loyihalarni ilgari surish va umumiy gumanitar qadriyatlarni rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.

Mintaqaning boy umumiy merosini saqlash va targ‘ib qilish borasidagi O‘zbekistonning keng ko‘lamli sa’y-harakatlariga yuqori baho berildi. Majmua zamonaviy tadqiqot markazi bo‘lib xizmat qilishiga, mintaqa mamlakatlari o‘rtasida ilmiy, ta’lim va madaniy hamkorlik uchun yangi ufqlar ochishiga ishonch bildirdilar.