MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI YUQORI MANSABOR SHAXSLARINING VENA SHAHRIDAGI UCHRASHUVI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 29-30-aprel kunlari Vena shahrida (Avstriya) Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Ekologik harakat Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimlaridan tashkil topgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi xalqaro suv huquqi masalalari yuzasidan o‘tkazilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari tegishli idoralariyuqori mansabdor shaxslarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Markaziy Osiyo mintaqasidagi transchegaraviy suv resurslarini boshqarish sohasida xalqaro huquqning asosiy tamoyil va me’yorlarini amaliy tadbiq qilish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha BMT mintaqaviy markazi tomonidan tashkillashtirilgan tadbirda BMT institutlari, Jahon banki, Orolni qutqarish Xalqaro Fondi va boshqa xalqaro tashkilotlarning vakillari ham ishtirok etdilar.