Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MARKAZIY OSIYO: UMUMIY KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MARKAZIY OSIYO: UMUMIY KELAJAK UCHUN MAS'ULIYAT

Samarqand shahrida tashkil etilgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferentsiya jahon hamjamiyati, dunyo siyosiy doiralarida katta qiziqish bilan kutib olindi. Forum ishtirokchilari mazkur tadbir haqli ravishda tarixiy ahamiyatga ega ekanligini hamda mintaqaviy hamkorlikda printsipial jihatdan yangi sahifa ochganini alohida ta’kidlashdi.

Xalqaro anjumanda BMT, YeXHT, Yevropa ittifoqi, ShHT, MDH rahbariyati, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Afg‘oniston, AQSh, Yevropa davlatlari, Rossiya, XXR, Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston, Yaponiya, Janubiy Koreya delegatsiyalari, olimlar, jamoatchilik va davlat arboblari qatnashdi.

Mintaqada xavfsizlik hamda barqaror taraqqiyot, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy, suv-energetika, ekologik va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan 70 dan ziyod ma’ruzalar tinglandi.

Davlatimiz rahbari konferentsiya ochilishidagi nutqida mintaqada tinchlik, o‘zaro manfaatli hamkorlik hamda xavfsizlik muhitini qaror toptirishning ahamiyati nechog‘li katta ekanligini yana bir marta ta’kidladi. “Umumiy aholisi 70 milliondan ortiq bo‘lgan mintaqamizning kelajagi bugungi kunda Markaziy Osiyoning har bir davlati tomonidan barpo etilmoqda, — dedi Prezidentimiz. — Bizning bosh maqsadimiz — umumiy sa’y-harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdan iborat”.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar xalqaro hamjamiyat, eng muhimi, qardosh qo‘shnilarimiz — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining doimiy maslahatlashuv uchrashuvlarini tashkil qilishga doir taklif, xalqaro anjuman ishtirokchilari fikricha, eng dolzarb masalalar bo‘yicha “soatlarni to‘g‘rilab olish” hamda hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish bo‘yicha istiqboldagi qadamlarni belgilash imkonini beradi.

Xalqaro konferentsiya qatnashchilarining e’tirof etishicha, O‘zbekiston rahbarining Mintaqaviy iqtisodiy forum, Markaziy Osiyo davlatlarining hududlar rahbarlari (hokimlari) hamda biznes hamjamiyatining assotsiatsiyasini ta’sis etish, tranzit-logistika salohiyatidan yanada samarali foydalanish, “yaxlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiyalash jarayonini tezda hamda uzil-kesil yakuniga yetkazish bo‘yicha takliflari savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari -Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqada suv resurslaridan adolatli foydalanish muammosini imkon qadar tezroq tartibga solishi, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida madaniy-gumanitar aloqalar, do‘stlik hamda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashi zarurligini alohida ta’kidladi.

Anjuman ishtirokchilari fikriga ko‘ra, ushbu tashabbuslarning hayotga tatbiq qilinishi mintaqada osoyishtalik va taraqqiyotga erishishda muhim qadam bo‘ladi. Qayd etilganidek, bugungi kunda Markaziy Osiyo dunyo hamjamiyati uchun tobora ochiq bo‘lib bormoqda. Hamkorlik uchun yangidan-yangi imkoniyatlar paydo bo‘layotir. Siyosiy muloqotlar jadallashayapti. Misol uchun, shu yilning boshidan beri O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo rahbarlari bilan oliy darajada 16 ta uchrashuv, 18 marta telefon muloqoti o‘tkazdi, uchta davlat tashrifi hamda ikki marta amaliy tashrifni amalga oshirdi.

Mintaqa davlatlari o‘rtasida siyosiy ishonch yuksaldi. O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyatida, avvalambor, ishonchsizlik, ziddiyat va millatlararo nizolar manbalariga barham berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatlarimiz hamda xalqlarimiz o‘rtasida chegaralar ochilayapti. Masalan, birgina o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi “Do‘stlik” nazorat-o‘tkazish punkti ochilishining birinchi kunidayoq chegaradan besh ming nafardan ziyod odamlar o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti konferentsiyada alohida urg‘u berganidek, yil boshidan buyon O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan tovar aylanmasi o‘rtacha 20 foiz, ayrim davlatlar bilan esa qariyb 70 foiz o‘sdi. O‘zaro munosabatlarimiz tarixida birinchi marta biznes forumlari o‘tkazildi. Natijada 1,5 milliard dollarlik bitimlar imzolandi. Bu ulkan tarixiy marralardir.

Konferentsiyada mintaqaviy barqarorlik hamda xavfsizlikni ta’minlash, suvdan oqilona foydalanish va ekologik, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish sohalaridagi aloqalar masalalari bo‘yicha ochiq fikr almashildi. Ishtirokchilar -Afg‘onistondagi tinch siyosiy jarayonni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani qayta tiklashga yordam berish, mamlakatning dunyo iqtisodiy munosabatlariga faol integratsiya qilinishiga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladilar. Terrorizmga qarshi kurashishning barcha jabhasi bo‘yicha doimiy ravishda axborot va tajriba almashish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda BMTning Global aksilterror strategiyasi hamda BMT Bosh kotibining ekstremizmning oldini olish bo‘yicha Harakatlar rejasi asosida birgalikdagi chora-tadbirlar hamda dasturlarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Markaziy Osiyo davlatlari vakillari yosh avlodning turli terroristik va radikal tashkilotlar ta’siriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha birgalikda aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish kerakligini bildirishdi. Bu borada yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, ularni komil inson etib voyaga yetkazish, yigit-qizlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va huquq hamda manfaatlarini himoya qilish borasidagi hamkorlikni rivojlantirish lozim.

Forum qatnashchilari Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida muloqotni rivojlantirish va hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha yuzaga kelgan jarayonlarni yanada mustahkamlashga tayyorligini ma’lum qilishdi. Bunda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, savdo hamda chegaralararo hamkorlikni rivojlantirish, transport-kommunikatsiya tarmoqlarini, shu jumladan, yangi ko‘priklar, avtomobil va temir yo‘llari qurish hamda aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha birgalikdagi tashabbuslarni ilgari surish muhim ahamiyatga ega. Ishtirokchilar yaqin qo‘shnichilik hamda do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, ilm-fan, ta’lim, texnologiyalar, innovatsiyalar, turizm, madaniyat, san’at va sport sohalarida hamkorlik aloqalarini chuqurlashtirishga ko‘maklashishga sodiqligini namoyish etishdi.

Xalqaro konferentsiya qatnashchilari BMT tizimidagi barcha muassasani va boshqa xalqaro tashkilotlarni hamda Markaziy Osiyoning hamkor davlatlariga mintaqa mamlakatlari bilan umumiy xavfsizlik va barqaror taraqqiyot masalalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish hamda mustahkamlashga chaqirishdi.

Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiga Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga doir maxsus rezolyutsiya qabul qilish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatladilar.

Xalqaro forum doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari 2018-2019 yillarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik dasturini imzoladilar. Ushbu hujjat anjumanning amaliy natijalaridan biri sifatida tashqi siyosat mahkamalarining ko‘p tomonlama hamkorligi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Xalqaro konferentsiyada kommyunike qabul qilindi. Unda bugungi kunda Markaziy Osiyo xalqlarini o‘ylantirayotgan asosiy masalalar o‘z ifodasini topdi. E’tirof etilganidek, mintaqadagi siyosiy vaziyat printsipial o‘zgarishlarga yuz tutdi. Konferentsiyada bildirilgan fikr va mulohazalarda “Markaziy Osiyo — bizning umumiy uyimiz” g‘oyasi yorqin aks etdi.

So‘z — ishtirokchilarga

Qayrat Abdrahmonov,

Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri:

— Biz O‘zbekistonning uzoqni ko‘zlab amalga oshirayotgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu ezgu tashabbuslar mintaqada xavfsizlik va tinchlikni ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur jarayonda Rossiya, Xitoy, AQSh, Yevropa ittifoqi singari hamkorlarimiz bilan munosabatlarni kengaytirish juda muhimdir. Aynan ko‘p qirrali aloqalar mintaqamiz xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar ekstremizm g‘oyalarining tarqalishi, noqonuniy migratsiyaning kuchayishi hamda ekologik muammolar jiddiylashuvining oldini oladi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida -ilgari surgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam maslahatlashuvlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashabbusini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev qo‘llab-quvvatlab, birinchi uchrashuvni mamlakatimizda qabul qilishga tayyorligini bildirdi.

Natalya German,

BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari:

— Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi ushbu xalqaro konferentsiyani tashkil etishda faol qatnashdi. Tadbir yuksak saviyada o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mintaqadagi beshta mamlakat rahbarlarining doimiy maslahatlashuv uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusini bayon qildi. Bu g‘oyaga anjumanda so‘z olgan barcha ekspertlar alohida e’tibor qaratishdi. Konferentsiya mazkur g‘oyani hayotga tatbiq etish imkoniyatlarini yuzaga chiqardi.

Bugun hamkorligimiz tobora chuqurlashib, yangicha mazmun bilan boyimoqda. Chunki biz kelajakka katta umid bilan qarayapmiz. Biz mintaqadagi tinchlik va hamkorlik abadiy hamda mustahkam bo‘lishi uchun bundan keyin ham barcha sa’y-harakatlarni birlashtiramiz, ma’lumotlar almashamiz, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Lord Muhammad Iltaf Shayx,

Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a’zosi:

— Forum ko‘p jihatdan Markaziy Osiyo mintaqasini yanada rivojlantirish va qo‘shni davlatlar hamkorligining istiqbollarini belgilab beradi. O‘zbekiston xavfsizlikni -mustahkamlash, mintaqada, shu jumladan, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, Afg‘onistonda siyosiy muloqotlar bilan tinchlikka erishish bo‘yicha qat’iy siyosat olib bormoqda. Bunday tashabbuslar ko‘plab mamlakatlar hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar ekspertlari tomonidan e’tirof etilayapti. Men 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini atroflicha o‘rganib chiqdim. U O‘zbekistonning kelgusi taraqqiyoti chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat bilan uzviy bog‘langan jiddiy hujjatdir. Eng muhimi, bunday yondashuvlar bugun hayotda o‘z amaliy ifodasini topmoqda.

Filipp Bennett,

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki birinchi vitse-prezidenti:

— Dunyo hamjamiyati Markaziy Osiyoga ulkan imkoniyat va rivojlanish mintaqasi sifatida tobora katta e’tibor qaratmoqda. Bugun mintaqada kechayotgan jarayonlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, biz kelajakka komil ishonch bilan boqayapmiz. O‘zbekistonda qabul qilingan Harakatlar strategiyasi ulkan maqsadlarni ko‘zlaydi. Biz yangi kuch-g‘ayrat bilan hayotga tatbiq etilayotgan tashabbuslardan hayratdamiz. Bu tashabbuslarni qudratli xususiy sektor ko‘magisiz ro‘yobga chiqarib bo‘lmaydi. Mamlakatda amalga oshirilgan valyuta islohotlari O‘zbekistondagi islohotlar muvaffaqiyatiga ishonchni mustahkamlamoqda. Biz yurtingizda biznesga ma’muriy ta’sirni qisqartirish, muloqotni kuchaytirish, sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirish, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, investitsiyaviy muhitni takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Binobarin, ushbu yangiliklar mintaqaning dunyo biznesi uchun jozibadorligini oshiradi.

Ishonchim komilki, O‘zbekiston butun mintaqada barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishga katta hissa qo‘shadi. O‘z navbatida, biz ham Markaziy Osiyo mamlakatlarini o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.

Roy Allison,

Oksford universiteti Sent-Entoni kolleji Rossiya va Yevrosiyo tadqiqotlari markazi direktori (Buyuk Britaniya):

— O‘zbekiston Prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahatlashuv mexanizmini tashkil qilishga doir tashabbusi xalqaro konferentsiya ishtirokchilari tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. O‘tgan davr mobaynida ko‘p tomonlama aloqalar turli shakllarda olib borilayotgandi. Maslahatlashuvlar mintaqa doirasida emas, balki mikrosiyosat darajasida edi.

Yuqori darajadagi maslahatlashuvlar maydonining yaratilishi xavfsizlik sohasida mintaqaviy madaniyatni shakllantirishga yordam beradi. Markaziy Osiyo mamlakatlarining eksklyuziv muloqoti konkret milliy manfaatlarda o‘z ifodasini topadi. Mintaqa davlatlarining fuqarolik jamiyati institutlari ushbu hamkorlik aloqalari ravnaqiga katta hissa qo‘shishi mumkin.

Jon Edvard Xerbst,

D. Patritsiu nomidagi Yevrosiyo markazi direktori, Atlantika kengashi (AQSh):

— Biz so‘nggi 25 yil davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari qanday rivojlanganiga guvoh bo‘ldik. Mintaqa davlatlari katta sa’y-harakatlar tufayli tinchlik va barqarorlikni saqlab keldi. Bu ulkan muvaffaqiyat. Vaholonki, o‘z vaqtida hududda muammolar talaygina edi. O‘zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etildi. Yirik yadro quroliga ega mamlakatlarga qo‘shni bo‘lishiga qaramasdan, Markaziy Osiyo ushbu tamoyilga sodiq qolmoqda.

Istiqbolda Markaziy Osiyo mintaqada qo‘shni mamlakatlarning hamkorligi evazigagina taraqqiy topishi mumkin. AQSh bu jarayonda har tomonlama yordam berishga tayyor.

Tadamichi Yamamoto,

BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili:

— Forum Markaziy Osiyo davlatlarining barqaror rivojlanishi, mintaqaviy ko‘plab jiddiy masalalarning hal qilinishi, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. O‘zbekiston ushbu mamlakatda barqarorlikni mustahkamlash jarayonida faol qatnashmoqda, muhim iqtisodiy loyihalar tashabbuskori bo‘layapti. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan konferentsiyada ilgari surilgan “Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlar” mavzuida xalqaro konferentsiya o‘tkazish tashabbusi Afg‘oniston hukumati uchun ustuvor ahamiyatga ega. Transport kommunikatsiyalarini takomillashtirish hamda boshqa dolzarb loyihalarning hayotga tatbiq etilishi Afg‘onistonning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi, millatlararo totuvlikni qaror toptirish va mintaqada barqarorlikni mustahkamlash uchun yangi istiqbollar ochadi.

www.xs.uz