MARKAZIY OSIYODAGI IJOBIY JARAYONLARDA PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVNING TASHABBUSKORLIGI HAL QILUVCHI AHAMIYAT KASB ETMOQDA - HINDISTONLIK EKSPERTLAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

DEHLI, 2 dekabr. /“Dunyo” AA/. Toshkent shahrida bo’lib o’tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi yakunlari hindistonlik ekspert-tahlilchilar tomonidan o’rganilmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nandan Unnikrishnan, “Observer Research Foundation” tadqiqot markazi vitse-prezidenti:
Mazkur sammit mintaqa mamlakatlarining o’zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, mavjud muammolarni birgalikda bartaraf qilish, mintaqa umumiy kelajagi uchun mas’uliyatni his qilish yo’lida hamjihat ekanini butun dunyoga namoyish qildi.
Markaziy Osiyoning geosiyosiy muhim rolini inobatga olgan holda ta’kidlash lozimki, mintaqa mamlakatlari o’rtasidagi do’stona munosabatlarning mustahkamlanishi mintaqa mavqyeining xalqaro munosabatlardagi rolini yanada oshishiga xizmat qiladi.
So’nggi yillarda Markaziy Osiyoda ro’y berayotgan ijobiy jarayonlarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbuskorligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada Toshkentda bo’lib o’tgan sammit O’zbekiston rahbariyati tomonidan mintaqada hamkorlik, yaxshi qo’shnichilik muhitini mustahkamlashga qaratilayotgan sa’y-harakatlarning Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari tomonidan to’liq qo’llab-quvvatlanayotganini ko’rsatdi.
O’z navbatida, Toshkent sammiti aniq kun tartibiga ega bo’lib, mintaqa uchun dolzarb masalalarni qamrab oldi. Eng muhimi tomonlar barcha mintaqaviy va xalqaro masalalar bo’yicha ijobiy fikr almashdi. Bu borada mintaqa mamlakatlarining qarash va yondashuvlari mushtarak ekanligi ta’kidlandi.
Xususan, sammit davomida hamkorlikning savdo-iqtisodiy yo’nalishiga muhim e’tibor qaratilganini to’liq qo’llab-quvvatlayman. O’ylaymanki, ushbu yo’nalishdagi hamkorlik yaqin kelajakda yangi bosqichga ko’tariladi. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan barcha sa’y-harakatlar mintaqa salohiyatining yanada oshishiga, barqaror rivojlanishiga va ushbu mamlakatlar xalqlari farovonligiga xizmat qiladi.
Dipanjan Chaudxuri, “The Economic Times” nashriyoti bosh muharriri o’rinbosari:
Maslahat uchrashuvi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilda ilgari surilgan muhim tashabbusning tobora mustahkamlanib borayotganining ifodasi bo’ldi.
Mintaqaviy hamkorlikning eng dolzarb masalalari muhokama qilingan Toshkent uchrashuvida O’zbekiston rahbariyati tomonidan bir qator muhim tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, mintaqa mamlakatlarining geografik joylashuvi, iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, iqtisodiy va transport koridorlarining samarali mintaqaviy tizimini yaratish bo’yicha bildirilgan takliflar tomonlar uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega, deb hisoblayman.
Qolaversa, xorijiy sayyohlar uchun butun mintaqa bo’ylab sayohat amalga oshirish imkoniyatini yaratish g’oyasi xalqlar o’rtasida madaniy muloqotni yanada rivojlantirish yo’lida xizmat qilish bilan birgalikda mintaqa mamlakatlari iqtisodiy rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
O’z navbatida Markaziy Osiyoning tarixiy jihatdan G’arb va Sharq o’rtasidagi muhim rolini inobatga olgan holda aytish mumkinki Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichga ko’tarilishi, qo’shni mintaqalar, xususan Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari uchun ijobiy omil bo’lib xizmat qiladi.
“Dunyo” AA