Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASIDA

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov boshqardi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, siyosiy partiyalarning rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Majlis qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etib, hurmat bajo keltirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96, 117-moddalari hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi qonunning 5 va 9-moddalariga muvofiq, 2016-yil 4-dekabr, yakshanba kunini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi joriy yilning 9-sentabridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qildi.

Markaziy saylov komissiyasi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish buyicha Asosiy tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi.

Majlisda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlar Markaziy saylov komissiyasi, tuziladigan saylov komissiyalari tomonidan ochiq va oshkora, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga to‘liq muvofiq holda amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish buyicha Respublika matbuot markazini tuzish haqida qaror qabul qildi. Matbuot markazi Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 16-uyda joylashgan.

Shu kunning o‘zida mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.

O’zA