Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASIDA

2016-yilning 13-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi.

Videokonserensaloqa shaklida o‘tgan majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zolari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Majlisda saylovga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Komissiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil qilish masalalariga bag‘ishlangan tadbirlar rejasini muhokama qildi.

Qayd etilganidek, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazishda uchastka saylov komissiyalari zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Shu bois Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyalari va Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan saylov komissiyalari a’zolarining huquqiy bilimlarini yanada yuksaltirish hamda ularning saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan seminar-treninglar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Tadbirlar respublika onlayn seminar-treningi, shuningdek, uchastka saylov komissiyalari a’zolari ishtirokida hududiy seminar-treninglar shaklida o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Bunda uchastka saylov komissiyalari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari, saylov uchastkalarini jihozlash, saylovchilar ro‘yxatini tuzish va unga o‘zgartishlar kiritish, muddatidan oldin ovoz berishni hamda saylov kuni ovoz berishni tashkil qilish, kuzatuvchilar instituti ahamiyati, ommaviy axborot vositalarining saylov jarayoni ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashdagi roli singari muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Ko‘rib chiqilgan barcha masalalar bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi.

www.elections.uz