Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASIDA UCHRASHUV

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASIDA UCHRASHUV

2016-yilning 6-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori Jon Makgregor bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov Markaziy va okrug saylov komissiyalari tomonidan joriy yilning 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha axborot berdi.

Markaziy saylov komissiyasi va YeXHT o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda. YeXHT loyihalar koordinatorining Toshkentdagi ofisi “O‘zbekiston Respublikasi saylov amaliyotini takomillashtirishga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi doirasida mamlakatimizda saylov amaliyotini yanada demokratlashtirishning turli masalalariga bag‘ishlangan xalqaro tadbir, anjuman va seminarlarni tashkil qilish hamda o‘tkazishda faol ishtirok etdi. Ularning ishida YeXHTga a’zo mamlakatlar vakillari, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi ekspertlari ishtirok etdi.

Markaziy saylov komissiyasi vakillari Ispaniya, Fransiya, Daniya, Buyuk Britaniya saylov amaliyoti bilan yaqindan tanishish, xususan, saylovchilarning yagona elektron reyestrini yaratish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish imkoniga ega bo‘ldi.

Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekistonda parlament va Prezident saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish jarayoni yuzasidan bir necha marta kuzatuv olib borgan. YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi shu yilning 11-14-oktabr kunlari Ehtiyojlarni baholash missiyasini yuborishga qaror qildi.

– Saylov sanasi e’lon qilinganiga ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa-da, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilganining guvohi bo‘ldik, – deydi Jon Makgregor. – Bu o‘rinda komissiya tomonidan YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi saylovni kuzatish uchun birinchilardan bo‘lib taklif etilganini alohida e’tirof etish joiz. Byuro ekspertlarining mazkur jarayonda ishtirok etishi kelgusida YeXHTga a’zo barcha 57 mamlakat uchun qimmatli tajriba bo‘lib xizmat qiladi, deb hisoblayman.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O’zA