MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASIDA UCHRASHUV
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					Joriy yilning 11-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi saylov departamenti rahbari Aleksandr Shlik boshchiligida mamlakatimizga tashrif buyurgan Ehtiyojlarni baholash missiyasi (EBM) ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov ekspertlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturini amalga oshirish bo‘yicha Markaziy hamda okrug saylov komissiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi. Jumladan, Markaziy saylov komissiyasi nizomlari va yo‘riqnomalariga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritildi, Saylovchilar huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazish ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda. Saylov kampaniyasi bilan bog‘liq barcha materiallar Markaziy saylov komissiyasi saytiga joylashtirilmoqda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi hamda okrug saylov komissiyalari matbuot markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda, Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishlari onlayn shaklda o‘tkazilmoqda.
EBM ekspertlarining fikricha, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan bo‘lajak saylovlarni kuzatish yuzasidan YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosiga taklifnomaning o‘z vaqtida yuborilgani xalqaro saylov standartlari talablariga to‘la mos keladi.
Uchrashuvda qayd etilganidek, Markaziy saylov komissiyasi fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan huquqni qo‘llash amaliyotini izchillik bilan takomillashtirmoqda. Bunda xalqaro kuzatuvchilar, xususan, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining o‘tgan saylovlardagi kuzatuvlari natijalari bo‘yicha tavsiyalari inobatga olinmoqda.
YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartishlar, xususan, siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun saylovchilarning zarur imzolari 5 foizdan 1 foizga kamaytirilganligini ijobiy baholadi.
YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan okrug saylov komissiyalari vakillari uchun o‘tkazilgan onlayn seminar-treninglarga ham yuqori baho berdi.
Uchrashuvda YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari faoliyatini samarali tashkil etish, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini
yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi 
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















