Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING ONLAYN MAJLISI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING ONLAYN MAJLISI

2016-yilning 3-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining a’zolari, saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov olib borgan majlisda mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalarini tuzish masalasi, shuningdek, saylovga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 11-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.

Shu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligining O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risidagi taqdimnomasini ko‘rib chiqib, mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 44 ta saylov uchastkasini tuzish hamda ularni 14-Toshkent shahar saylov okrugiga biriktirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Majlisda siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etiladigan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi huzurida ishchi guruhlari tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ishchi guruhlarining asosiy vazifasi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 24²-moddasiga asosan belgilangan muddatda imzo varaqalari qonun talablariga muvofiqligi haqida xulosalar berishdan iboratdir.

Majlisda 2-Andijon va 12-Xorazm okrug saylov komissiyalari raislarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlikning borishi haqidagi axborotlari ham eshitildi.

Komissiya a’zolari Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilgan ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalasini ham ko‘rib chiqdilar. Ta’kidlanganidek, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, jamoatchilikni saylov kampaniyasining barcha bosqichlari xususida o‘z vaqtida xabardor qilishda ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutadi. Shu vaqtga qadar mamlakatimiz va xorijiy bosma hamda elektron ommaviy axborot vositalarida saylov kampaniyasi bilan bog‘liq ikki mingdan ziyod materiallar e’lon qilindi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Ko‘rilgan masalalar yuzasidan Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini
yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi

www.elections.uz