Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MARRANI BALAND OLAYOTGAN AVLOD

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MARRANI BALAND OLAYOTGAN AVLOD

Kecha Toshkent viloyatida mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag’ishlab “Biz — buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostida o’tkazilgan yoshlar festivali nihoyasiga yetdi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi, viloyat hokimligi hamda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan festival dasturiga muvofiq, joylarda yoshlar huzurida 120 dan ortiq turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, samimiy uchrashuv hamda muloqotlar uyushtirildi. Shijoat va barkamollik anjumani viloyatning barcha hududidan 700 ming nafarga yaqin ertamiz egalarini yagona maqsad yo’lida birlashtira olgani an’anaviy anjuman qamrovi yildan-yilga kengayib borayotganini yaqqol tasdiqladi.

— Jismonan barkamol, ma’nan yetuk, zamonaviy bilim va taraqqiyot yutuqlarini chuqur egallagan, irodasi mustahkam avlodni voyaga yetkazayotgan mamlakatning kelajagi nurafshon bo’ladi, — deydi respublika targ’ib0t guruhi a’zosi, O’zbekiston Respublikasi xalq artisti Zamira Suyunova. — Uch kun davomida poytaxt viloyatining shijoatli o’g’il-qizlari orzu-intilishlari bilan yaqindan tanishib, bunga amin bo’ldik.

Qayd etish zarurki, viloyat aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil qiladi. Kishiga bir olam quvonch, yangicha ruh hamda iftixor baxsh etadigan jihat shundaki, navqiron avlod kamoloti yo’lidagi ulkan g’amxo’rlik va e’tibor -samarasi viloyat yigit-qizlari hayotida ham chuqur iz qoldirayapti.

Xususan, sportchi-yoshlarning 300 ga yaqini jahon, Osiyo va mamlakat chempionlaridir. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan iste’dodli qizlar soni 17 nafarga yetgan bo’lsa, san’at yo’nalishidagi izlanishlari va yorqin ijodi bilan ko’zga ko’ringan 10 ga yaqin iqtidor sohibi “Nihol” mukofotini qo’lga kiritdi.

Yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida birgina o’tgan yilning o’zida oliy o’quv yurtlarida shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalarga 8 milliard so’mlikdan ziyod ta’lim krediti, yosh oilalarga esa 21 milliard so’mlikdan ortiq ipoteka va iste’mol kreditlari ajratildi. Ular uchun yangi ish o’rinlarini yaratish, o’rta maxsus, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga eng muhim va ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.

Uch kun davom etgan festival dasturiga muvofiq, Angren, Bekobod, Chirchiq shaharlari qatorida Bo’ka, Bo’stonliq, Chinoz, Yangiyo’l, Parkent, Quyi Chirchiq, Piskent kabi tumanlarda o’tkazilgan 18 loyiha ertamiz davomchilarida unutilmas taassurotlar qoldirdi. Ayniqsa, “Prezident asarlari bilimdoni”, “Siz sevgan qahramonlar”, “Odam savdosi — davr muammosi”, “Diniy ekstremizm va terrorizm — yoshlar kelajagiga tahdid”, “Ommaviy madaniyat” va yoshlar ma’naviyati”, “Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz!”,“Vijdonli sotuvchi”, “Nuroniylar e’zozimizda”, “Hyech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!”, “Kamolot” kutubxonasi” kabi loyihalar, “Mustaqillik farzandlari” shiori ostida har bir tuman va shaharda uyushtirilgan gala-konsertlar hayajonli lahzalarga boy bo’ldi.

— Yurtboshimizning biz, yoshlarga qarata “Marrani hamisha baland olib, bilimga, izlanish va o’rganishga intilib yashang, hyech qachon bo’sh kelmang, aziz bolalarim!” degan so’zlari menga kuch-quvvat bag’ishlaydi, — deydi boks bo’yicha Osiyo chempioni, bo’stonliqlik Elnur Abduraimov. — Jahon arenalarida qo’lim baland kelayotganining boisi shunda. Hozir yozgi Olimpiadaga qizg’in tayyorgarlik ko’rayapman. Nasib bo’lsa, albatta, g’oliblar safidan joy olaman!

Shuni ham ta’kidlash joizki, festival tadbirlarida viloyatdagi iqtidorli yoshlarning intilish va tashabbuslariga alohida baho berildi. Uch kun mobaynida ularning 400 nafardan ziyodi tashkilotchilarning faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari, shuningdek, tijorat banklarining imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlari bilan taqdirlangani buning tasdig’idir.

Olmaliq shahridagi “Metallurg” markaziy stadionida forumning yakuniy gala-konserti o’tkazildi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi S. Abdullayev so’zga chiqdi.

"Jahon" AA