Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MARRANI BALAND OLGAN YOSHLAR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MARRANI BALAND OLGAN YOSHLAR

Odatda sportdagi natijalar haqida so‘z ketsa, qayd etilgan ko‘rsatkichlaru qo‘lga kiritilgan medallar tilga olinadi. To‘g‘ri, bular muhim. Lekin sportning ko‘rsatkichlar bilan o‘lchab bo‘lmaydigan, turli jadvallarda qayd qilinmaydigan jihatlari ham bor.

Bular – quvonch, tashvish, hayajon, milliy g‘urur, hamjihatlik, vatanparvarlik.

Braziliya dunyoning narigi chekkasida. Yarim tun bo‘lishiga qaramay, hammamiz sportchilarimizning chiqishlarini hayajon bilan kuzatib bordik. Ularning kechinmalarini, nafas olishini, yurak urishlarini his etib turdik. Ularga qo‘shilib yig‘ladik, kuldik, quvondik.

Ishda, ko‘chada, dasturxon atrofida suhbatlarning bosh mavzusi Olimpiada bo‘ldi. Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda sportchilarimizni sharaflovchi suratlar, havolalar tarqaldi. Medal qo‘lga kiritilganda, sportga aloqasi bo‘lsa-bo‘lmasa, hamma bir-birini tabrikladi.

Bu nimadan dalolat? Xalqimizning birligidan, hamjihatligidan. Milliy g‘urur, Vatan hissi, daxldorlik tuyg‘usi yuqoriligidan.

Odamlarimiz vatanparvarman deb ko‘kragiga urmaydi, fuqarolik pozitsiyasi haqida balandparvoz gaplarni gapirmaydi. Lekin o‘zbek o‘g‘loni, O‘zbekiston farzandi maydonga chiqqanda yuragini hovuchlab turadi. Muvaffaqiyatga erishganida osmonga sapchiydi. Madhiyamiz yangraganida ko‘zlarida quvonch yoshlari qalqiydi.

Nima uchun? Chunki hammamiz O‘zbekistonni yaxshi ko‘ramiz. Uning rivojlanishini, hammadan zo‘r bo‘lishini istaymiz. Yurtdoshlarimizning har bir yutug‘ini o‘zimiznikidek qabul qilamiz.

Prezidentimiz sportni yaxshi ko‘radi, yaxshi tushunadi, sportchilarni qadrlaydi. Shu bois O‘zbekiston shoshma-shosharlik qilmadi. Ayrim davlatlarga o‘xshab soxta obro‘ ortidan quvmadi. Avval asos yaratdi, tag zaminni puxta qildi. Bolalar sportini rivojlantirdi. Murabbiy va sportchilar mahoratini oshirishga e’tibor qaratdi. Buning uchun zamonaviy shart-sharoit yaratdi.

Shunday sharoitlarda shug‘ullangan bolalar bugun voyaga yetdi. Prezidentimiz avvaldan ko‘ra bilgan va ishonib kutgan natijalar bo‘y ko‘rsata boshladi.

E’tibor bering: bu yilgi Olimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimizning deyarli barchasi mustaqillik yillarida tug‘ilib o‘sgan, qishloq tumanlarida voyaga yetgan yoshlar.

Olimpiadada sportchilarimiz qayd etgan natijalar go‘yoki aysbergning yuza qismi. Uning tagida undan bir necha barobar katta tog‘ bor. Bu – O‘zbekiston sportining mustahkam poydevori, ulkan salohiyati, zaxirasi.

Tasavvur qiling: Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan sportchilarimiz o‘rtacha 21-22 yoshda. Ular navbatdagi Olimpiadalarga tajribali, yanada mahoratli bo‘lib boradi. Bundan tashqari, ularning ortidan qanchadan-qancha yoshlar yetishib chiqmoqda. Mamlakatimizdagi minglab sport majmualarida o‘g‘il-qizlar sport bilan muntazam shug‘ullanib, professional sportga kirib kelmoqda.

Ular ko‘zlari yonib turgan, o‘z kuchiga ishongan, Prezidentimiz aytganidek, marrani baland olgan yoshlar. Endi bu avlodni to‘xtatib bo‘lmaydi. Ular barcha sohalarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritib, xalqimizni xursand qilaveradi. Xalqimiz esa muxlislik va vatanparvarlik bobida dunyoda birinchi.

O’zA