Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MASHG‘ULOTLAR SAMARASI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MASHG‘ULOTLAR SAMARASI

Mamlakatimizda madaniyat, san’at va milliy raqs san’atini ravnaq toptirish, malakali mutaxassislarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yoshlarimizning salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning turli xalqaro tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallab, milliy raqs san’atimizning betakror jozibasini dunyoga tanitishida muhim omil bo‘layotir.

Milliy raqs va xoreografiya sohasidagi ta’lim prinsiplariga asoslangan holda uzluksiz ta’limni to‘liq qamrab olgan Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi 4 bosqich – ixtisoslashtirilgan maktab-internat, xoreografiya kolleji, oliy ta’limning bakalavriat hamda magistratura bosqichlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi yagona ta’lim muassasasidir.

O‘zbek milliy raqs hamda xoreografiya sohasini rivojlantirishda ushbu ta’lim muassasasining o‘rni beqiyos.

Mazkur ta’lim muassasasi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1997-yil 8-yanvardagi “O‘zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Ixtisoslashtirilgan maktab-internat va xoreografiya kollejida o‘quvchilar milliy raqs va klassik (mumtoz) raqs yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olib, “Balet artisti” va “Milliy raqs ansambli artisti” kasbiy malakalariga ega bo‘lmoqda. Oliy maktabning yuqori bosqichida “Xoreografiya san’ati” va ”San’atshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Oliy maktabda professor-o‘qituvchilar jamoasi hamda zarur moddiy texnik baza shakllantirilgan bo‘lib, o‘quvchi va talabalarga davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq yaratilgan ta’lim dasturlari, o‘quv rejalariga binoan mashg‘ulotlar o‘tiladi. O‘quv mashg‘ulotlari ma’ruza, amaliy va yakka dars shakllarida olib boriladi. Bu yerda o‘quvchi hamda talabalar darsdan tashqari ham o‘z ustida mustaqil ravishda ishlashlari mumkin. Ularning mustaqil ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Zamonaviy ko‘rinishdagi o‘quv auditoriyalari, balet zallari, axborot-resurs markazi, komputer xonasi hamda kinozal dars mashg‘ulotlarining hamda o‘quvchi, talabalarning bo‘sh vaqti to‘laqonli, mazmunli o‘tishini ta’minlaydi. Talabalar darslarda audio-video, komputer, multimedia vositalari yordamida bilimini mustahkamlab boradi.

Mashg‘ulotlar samarasida talabalar xalqaro va respublika olimpiadalari, nufuzli tanlovlarda munosib qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelayotir. Xususan, Tigran Abdullayev o‘tgan yili Sochi shahrida o‘tkazilgan xalq raqsi xalqaro tanlovida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Susuna Usenova Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi milliy raqs ijrochilarining ko‘rik-tanlovida birinchi o‘rinni egalladi.

– O‘zbek raqs san’atiga mehrim o‘zgacha, – deydi S.Usenova. – Uning tarixiy an’analarini tiklash, avaylab asrash hamda boyitish, sharqona fazilat va Sharq ma’naviyatiga mos raqslarni targ‘ib etishni vazifamiz, deb bilamiz.

Bularning barchasi mamlakatimizda yoshlarga doir davlat siyosati hayotga izchil tatbiq etilayotganining amaldagi ifodasidir.

O’zA