Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga

Qadrli do‘stlar!

Avvalo siz, azizlarni kasb bayramingiz – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Sizlarga o‘zimning samimiy hurmatim, ezgu tilaklarimni bildirib, mashaqqatli va olijanob faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Barchamizga yaxshi ayonki, matbuot, ommaviy axborot vositalari ishi hamma zamonlarda ham og‘ir va mas’uliyatli bo‘lgan. Mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilayotgan, ochiqlik va oshkoralik, so‘z va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan hozirgi davrda bu mas’uliyat yanada kuchaymoqda.

Bugungi kunda dunyo shiddat bilan o‘zgarmoqda. Barcha sohalar kabi axborot olish va uni yetkazish, ta’sirchan jamoatchilik fikrini shakllantirish borasida ham raqobat keskin tus olmoqda. Bunday murakkab sharoitda hayot yangi-yangi talab va vazifalarni oldimizga qo‘ymoqda.

Shularning barchasini hisobga olib, mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish, milliy media makonda turli mulk shakli hamda siyosiy-ijtimoiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Global tarmoqda Uz domenli veb-saytlar, axborot portallari soni tobora ko‘payib, ular turli tillarda ish yuritmoqda.

Yangicha sharoitda axborot sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida sobiq O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etilganidan xabaringiz bor.

Ushbu agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalari faoliyatini muvofiqlashtirish, jurnalistlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xorijiy media kompaniyalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, chet el veb-resurslari va saytlaridan to‘liq foydalanish imkoniyatini yaratish, bir so‘z bilan aytganda, axborot maydonidagi fikrlar xilma-xilligini ta’minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ma’lumki, hozirgi kunda tobora tezkor va ko‘ptarmoqli sohaga aylanib borayotgan ommaviy axborot vositalari uchun global media makonda keskin raqobatga dosh bera oladigan, faol grajdanlik pozitsiyasiga ega zamonaviy kadrlar tayyorlash oldimizda turgan eng muhim vazifadir. Ana shu zaruratni hisobga olgan holda tashkil etilgan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti an’anaviy bilim va ko‘nikmalar bilan birga, innovatsion tafakkur, sohaga oid texnologiyalarni, xorijiy tillarni puxta egallagan kadrlar tayyorlash bo‘yicha respublikamizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasasiga aylanadi, deb ishonamiz.

Keyingi paytda mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarida hayotimizdagi ijobiy o‘zgarishlar tahlili, sog‘lom tanqidiy ruh kuchayib borayotgani alohida e’tiborga loyiq.

Chunki bunday tendensiya islohotlarimiz samarasini oshirishga, jamoatchilik nazoratini, fuqarolarimizning ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, barcha darajadagi rahbar va mutasaddilarni el-yurt fikri bilan, zamon talablari bilan hisoblashgan holda ishlashga o‘rgatadi.

Albatta, o‘zining bilim va salohiyatiga, ishchanlik fazilatlariga ishongan rahbar tanqiddan qo‘rqmaydi, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni xalq bilan muloqotning samarali vositasi, deb biladi. Aslida ham bunday muloqot taraqqiyotimizni ta’minlaydigan eng asosiy omillardan biridir.

Ayni vaqtda barchamiz bir haqiqatni unutmasligimiz zarur: axborot maydonidagi turli bahs va tortishuvlar, avvalo, haqqoniylik va xolislik tamoyillariga asoslanishi, qonun va odob qoidalari doirasida bo‘lishi, shaxsiy g‘araz va xusumatga, soxta obro‘ orttirish usuliga aylanib ketmasligi, inson shaxsi va sha’nini tahqirlashdan yiroq bo‘lishi, bunday salbiy holatlarga bizning media maydonimizda mutlaqo o‘rin bo‘lmasligi kerak.

Hayotga doimo sergak ko‘z bilan qaraydigan, xalq va Vatan manfaatini hamma narsadan ustun qo‘yadigan siz, matbuot ahli, o‘ylaymanki, bu haqiqatni har tomonlama chuqur anglaysiz.

Yana bir bor ta’kidlab aytmoqchiman, hayotimizdagi bugungi ulkan o‘zgarishlar, islohotlarimiz mantig‘i barchamizdan yangicha ishlashni, yangi g‘oya va tashabbuslar bilan maydonga chiqishni talab etmoqda.

Shu ma’noda, ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnik bazasini, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, milliy matbuotimizning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashiga erishish, Internet jurnalistikasini rivojlantirish, noshirlik ishi, kitob savdosi, obuna va targ‘ibоt masalalarida butun dunyoda o‘zini oqlagan bozor mexanizmlarini keng joriy etish, ochiqlik va sog‘lom raqobat sharoitida ishlashga o‘rganish bo‘yicha birgalikda hali ko‘p ish qilishimiz kerak.

O‘z navbatida, biz ommaviy axborot vositalarining faoliyat erkinligi kafolatlarini mustahkamlash, jurnalistlarning mashaqqatli mehnatini munosib baholash va rag‘batlantirish, jamiyatda demokratik prinsiplar, fikrlar va qarashlar rang-barangligini ta’minlash borasida olib borayotgan ishlarimizni albatta izchil davom ettiramiz.

Aziz va muhtaram do‘stlar!

Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda ko‘psonli barcha muxlis va mushtariylaringizni bugungi qutlug‘ bayramingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, yangi ijodiy yutuqlar, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

www.president.uz